“Atalanta” yarim himoyachisi Deyan Kulusevski faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradi. Bu haqda turinliklar rasmiy sayti ma’lum qildi.
Tomonlar 2024-yilga qadar mo‘ljallangan kelishuv imzoladi. “Parma” safida ijara asosida to‘p surayotgan futbolchi 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha parmaliklar safida qoladi.
“Yuventus” Kulusevski transferi uchun 35 million yevro to‘laydi, turinliklar bu miqdordagi pulni beshga bo‘lib beradi. Shuningdek, ayrim shartlar bajarilgan taqdirda 9 million yevro miqdorida bonus pullari ham qo‘shilishi mumkin.
19 yoshli futbolchi 2-yanvar, payshanba tonggida Turinga yetib keldi. Shvetsiyalik futbolchi muxlislar bilan suratga tushdi va dasxat tarqatdi. So‘ngra Kulusevski “Yuventus” tibbiy ko‘rigidan o‘tdi hamda shartnomaga imzo chekdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)