Braziliyaning San-Paulu shahrida 30 dekabr, dushanba kuni kechki payt 4 kishidan iborat oila a’zolari 9-qavatdan liftda qulab, halok bo‘ldi.
Daily Mail nashriga ko‘ra, 47 yashar Juselina Santos mehmonlar — singlisi, uning eri va jiyanini kutib olish uchun vestibyulga tushadi. Ular 9-qavatga ko‘tarilish uchun birgalikda liftga chiqadi. Shu asnoda lift qulab tushadi va uning ichidagi barcha odam halok bo‘ladi.
Hodisa yuz bergan uyda yashovchilarning aytishicha, ikki lift ham doim buzuq holda bo‘lgan: yarim yo‘lda to‘xtab qolgan, eshiklari ochilmagan, avariya tugmasi ishlamagan.
Ishdan chiqqan lift 23-dekabr kuni foydalanishga topshirilgandi. Odamlar halok bo‘lganidan so‘ng tekshiruv uchun yana yopib qo‘yildi.
Izoh (0)