2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun mamlakatga kelgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejimni joriy etadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 28-dekabr kuni imzolangan farmonda aytiladi.
Hujjatda aytilishicha, BAA rezidentlari viza hujjatlarini taqdim etadi, ularning amal qilish muddati kamida 90 kun bo‘lishi kerak.
Chet el fuqarolari BAA rezidenti maqomini olishlari uchun ular xususiy kompaniyada yoki amirlikning davlat sektorida ishlashlari, mamlakatda biznes bilan shug‘ullanib yoki ko‘chmas mulk sotib olishi lozim.
Mart oyida O‘zbekiston BAA fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etgan edi.
Izoh (0)