• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etiladi

    O‘zbekiston Prezidentining 31-oktabrdagi PQ-4502-son qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini, shuningdek, amaldagilariga o‘zgartirish kiritish va tugatishni YAMMTda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etiladi, deb xabar berdi Norma.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ishlayotgan xodimlarning mehnat shartnomalarini 2020-yil 1-sentabrga qadar YAMMTda ro‘yxatdan o‘tkazish lozim. Bundan tashqari, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etiladi. U mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ma’lumotlar kiritishda YAMMTda avtomatik tarzda shakllanadi.

    Mehnat munosabatlarini YAMMTda ro‘yxatdan o‘tkazish mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha ish beruvchilar, shu jumladan, alohida tarkibiy tuzilmalar, xususiy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun majburiydir.

    YAMMTni boshqarish direksiyasi tizimning operatori hisoblanadi. U tizimning ishlashini, undan foydalanishni ta’minlaydi, shuningdek, tashkiliy-texnik jihatlarini tartibga soladi.

    Tizimda ishni nimadan boshlash kerak? Quyida qabul qilingan hujjatga asosan harakatlarning bosqichma-bosqich algoritmi taqdim etilgan. Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida alohida tushuntirishlar olindi.

    I bosqich. YAMMTda avtorizatsiya

    Buning uchun my.mehnat.uz elektron manzili bo‘yicha o‘tish va “Elektron hukumat” tizimi yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasida STIR bo‘yicha identifikatsiyadan o‘tish lozim. Xatolar bo‘lmagan taqdirda ish beruvchi avtorizatsiya qilinadi. Agar unda YAMMTda mustaqil ravishda avtorizatsiya qilish imkoniyati bo‘lmasa, buni mehnat organlarida bepul amalga oshirish mumkin. Biroq har qanday holatda ham ma’lumotlar ish beruvchining ERI bilan tasdiqlanadi.

    II bosqich. Ish beruvchining shaxsiy kabinetini shakllantirish

    Avtorizatsiyadan so‘ng ish beruvchining shaxsiy kabineti avtomatik tarzda shakllanadi. Unga kirish faqat yuridik shaxsning ERI kaliti orqali. YAMMT bilan ishlash uchun ish beruvchi (YATTdan tashqari) o‘zining yozma qarori bilan tizimga kiradigan bitta yoki bir nechta javobgar shaxslarni belgilaydi va ularga ERIning ochiq kalitlarini topshiradi.

    III bosqich. Tashkilot tuzilmasini shakllantirish

    Shaxsiy kabinetga kirgandan keyin tashkilot tuzilmasini shakllantirish lozim. Buning uchun maxsus shakllar to‘ldiriladi. Ularga barcha:

    • bo‘linmalar (departamentlar, bo‘limlar va hokazo), alohida STIRga ega bo‘lganlari bundan mustasno;
    • shtat jadvaliga muvofiq ish o‘rinlari (agar mavjud bo‘lsa), shu jumladan bo‘sh ish o‘rinlari, jumladan ma’muriy, ishlab chiqarish va texnik xodimlar to‘g‘risidagi barcha axborot kiritiladi.
    Har bir ish o‘rni alohida tashkil etiladi. Lavozimlar nomi klassifikator (MMSK bo‘yicha kod, xodimlar toifasi, ta’limning eng past darajasiga talablar ko‘rsatiladi) bo‘yicha kiritiladi. Agar ro‘yxatga olinayotgan lavozim llassifikatorda bo‘lmasa, undan ahamiyati bo‘yicha eng yaqin lavozimni tanlash, pastda esa mehnat shartnomasi bo‘yicha to‘liq nomini ko‘rsatish zarur. Shuningdek, maosh, stavka miqdori, lavozim vazifalari, ish sharoitlari (ish grafigi) ham ko‘rsatiladi.

    Ish o‘rni mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar u dastlabki holatda bo‘sh ish o‘rni sifatida belgilanadi.

    Agar ish beruvchi mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlarini o‘zining tarkibiy tuzilmalariga bersa, ularning xodimlari, ish o‘rinlari va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotni kiritish, shuningdek, mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shtat tuzilmasi (jadvali)ning alohida bazasini shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi. Buning uchun YAMMT operatoriga tegishli so‘rov berish kerak.

    IV bosqich. Mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish

    Ish o‘rni to‘g‘risidagi sahifa to‘ldirilgandan keyin mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati ochiladi. Bu yerda xodim va mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Xodimning F.I.O.ni kiritishda xatoning oldini olish uchun tashkilotning javobgar shaxsi pasportning seriyasi, raqami va JSHSHIRni kiritadi. Agar hammasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa – F.I.O. avtomatik tarzda chiqadi. Yashash joyi manzili propiska bo‘yicha qo‘lda kiritiladi.

    Shundan keyin mehnat shartnomasi raqami, u tuzilgan sana, xodimning ish vaqti rejimi, sinov muddati, bandlik turlari, ta’tillar, ustamalarni qo‘shgan holda (ularning miqdori ko‘rsatilmagan holda) mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

    Kiritilgan ma’lumotlar yuridik shaxsning ERI bilan tasdiqlanadi. Har bir ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomaga keyinchalik xizmatda foydalanish uchun noyob raqam beriladi. Agar ish beruvchi ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsa, buni 5 ish kuni mobaynida tahrir qilish mumkin. Bu muddat tugagandan keyin endi ERI identifikatsiyasi bilan YAMMT aloqa kanallari orqali operatorga murojaat qilish lozim. Operator barcha murojaatlarni navbat tartibida 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi.

    Mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun qo‘shimcha kelishuv xuddi shunday tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. YAMMTga ma’lumotlarni kiritish uchun ish beruvchilar shartnoma asosida xususiy tashkilotlar xizmatidan foydalanishlari mumkin.

    Ta’tillar va ishdan bo‘shatishni ro‘yxatdan o‘tkazish

    Barcha ta’til turlarini taqdim etish ham YAMMTda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Maxsus oynada ta’til turini (mehnat, ish haqi saqlanmagan, tug‘ishgacha, bolani parvarishlash va hokazo) tanlash va uning boshlanish sanasini ko‘rsatish lozim. Mehnat shartnomasi tugatilganda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqning raqami va sanasi, shuningdek, xodim u asosda ishdan bo‘shatilgan Mehnat kodeksi moddasi kiritiladi.

    Yana bir bora eslatib o‘tamiz, kiritilayotgan ma’lumotlar ERI bilan tasdiqlanadi, to‘ldirish chog‘idagi xatolarni esa 5 ish kuni mobaynida tuzatish mumkin. Bu muddatdan keyin tizim operatoriga murojaat qilish lozim.

    Ishdan bo‘shatish ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi barcha yozuvlar tashkilotning elektron arxiviga tushadi. U tashkilot faoliyatining butun davrida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, tugatish to‘g‘risidagi axborotni saqlaydi va ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali kirish mumkin.

    Jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti

    YAMTda o‘z ma’lumotlariga kirish uchun xodim my.mehnat.uz orqali avtorizatsiya qilishi va “Elektron hukumat” tizimida JSHSHIR bo‘yicha identifikatsiya qilishi zarur. Buning uchun jismoniy shaxsning ERI yoki tashkilotning vakolatli xodimi yoki mehnat organi tomonidan verifikatsiya qilingan mobil telefon raqamiga SMS-xabarnomadan olingan kirish kodi zarur.

    Agar xodim o‘zining kontakt ma’lumotlariga qandaydir o‘zgartirishlar kiritishni xohlasa, u bu haqda kadrlar bo‘yicha xodimga yozma ariza berishi kerak. Jismoniy shaxs mamlakatdan DYAJga chiqib ketgan yoki vafot etgan holda shaxsiy kabinet ma’lumotlarini YAMMTda saqlash davom etadi va ishonchli vakillar yoki huquqiy vorislarga taqdim etilishi mumkin.

    Elektron mehnat daftarchasi

    U o‘zini YAMMTda quyidagi asoslarga ko‘ra shakllantiriladigan, jismoniy shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat elektron hujjat sifatida namoyon qiladi:

    • ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari;
    • yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish;
    • o‘zini o‘zi band qilish vaqtinchalik mehnat guvohnomasini olish;
    • vaqtinchalik mehnat faoliyati uchun xorijga chiqayotganlar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari.
    Mehnat daftarchasi xodim (F.I.O., tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, mutaxassisligi), ishga joylashish davrlari (ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish), hisoblangan ish haqi, to‘langan jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Ish beruvchi mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin mehnat daftarchasiga kirish imkoniyati bo‘ladi. Xodimning kirishi uchun ERI yoki SMS-xabarnoma ko‘rinishidagi kirish kodi zarur bo‘ladi.

    Jismoniy shaxslar tizimga o‘zining ishga joylashishining o‘tgan davrlari to‘g‘risidagi axborotni mustaqil ravishda kiritishlari mumkin. U yozuv kiritilgandan keyin 15 kun ichida Pensiya jamg‘armasi organlari tomonidan verifikatsiya qilinishi (tasdiqlanishi) kerak.

    Ish beruvchi xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlardan u bilan mehnat shartnomasi tugatilgunga qadar foydalanishi mumkin. Ishdan bo‘shatilgandan keyin keyingi mehnat tarixini ish beruvchi endi ko‘rmaydi.

    Agar tashkilot tugatilsa yoki qayta tashkil etilsa...

    Ish beruvchini tugatishda, uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan ma’lumotlar YAMMT ma’lumotlari arxiviga yuboriladi, ular u yerda muddatsiz saqlanadi. Unga YAMMT operatori pensiya tayinlash bilan bog‘liq manfaatdor shaxslar buyurtmalarini ko‘rib chiqish uchun kirishi mumkin.

    Tashkilot mulkdori o‘zgarganda yoki u qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) shaxsiy kabinet ularning huquqiy vorislarida saqlanib qoladi.

    O‘zini o‘zi band qilganlar to‘g‘risidagi axborotni kiritish

    Mehnat organlari o‘zini o‘zi band qilganlar uchun vaqtinchalik guvohnoma berilgan sanadan boshlab uch kundan kechiktirmay ular to‘g‘risidagi axborotni YAMMTga kiritadi. Kiritilayotgan mehnat faoliyatini amalga oshirish davri berilgan guvohnomaning amal qilish muddatiga teng (1 oydan 12 oygacha) va pensiya hisoblab chiqarish uchun shaxsning stajiga qo‘shiladi. Endi guvohnomani taqdim etish yo‘li bilan bu davrni tasdiqlash shart emas.

    Agar tizim bilan ishlash chog‘ida u yoki boshqa shakllarni to‘ldirish asnosida qiyinchiliklar yuzaga kelsa, my.mehnat.uz saytining “Yordamni ko‘rsatish” va “Tizim bo‘yicha yordam” maxsus bo‘limlaridan foydalanish mumkin, unda batafsil tushuntirishlar taqdim etilgan.

    26.12.2019, 13:32   Izoh (0)   47918
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi

    26.12.2019, 13:18

    O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi narx-navo ma’lum qilindi

    26.12.2019, 13:03

    O‘zbekistonda 2019-yilda qancha nikoh bekor qilingani ma’lum bo‘ldi (video)

    26.12.2019, 12:19

    Rossiyada yuz bergan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

    26.12.2019, 11:51

    Orolning qurigan tubida himoya o‘rmonzorlarini barpo etish davom ettiriladi

    26.12.2019, 11:21

    Sirdaryoda Nexia piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

    26.12.2019, 11:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Kamala Harrisga qarshi tergov boshlashni talab qildi

    Dunyo | 19 may, 18:07

    “Chuqur”: turk kinosanoatining eng muvaffaqiyatli seriallaridan biri qanday suratga olingan?

    Layfstayl | 19 may, 17:59

    Joriy yil o‘tgan davrida O‘zbekistonda 1,1 mln yangi ish o‘rni yaratildi — Mehnat inspeksiyasi

    O‘zbekiston | 19 may, 17:43

    Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 19 may, 17:36

    Koreyalik olimlar saraton hujayralarini yo‘q qilmasdan davolash usulini topdi

    Dunyo | 19 may, 17:35

    Saida Mirziyoyeva Expo-2025 doirasida bir qator pavilyonlarni tomosha qildi (foto)

    O‘zbekiston | 19 may, 17:27

    Qozog‘iston aholini arzon gaz bilan ta’minlash bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi (infografika)

    Dunyo | 19 may, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.