• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroqchida aholiga 20 yil xizmat ko‘rsatgan suv-ariq beparvolik sabab yaroqsiz holga keldi. Tomorqa egalari va fermer suvsizlikdan qiynalmoqda

    Chiroqchi tumanining Dursun qishlog‘ida aholiga 20 yil davomida xizmat ko‘rsatib kelgan suv-ariq beparvolik sabab bugun yaroqsiz holga kelgan. Ariqdan suv keltirib ichgan 150 dan ortiq xonadon bugun tomorqasidan daromad ololmayapti. 31 gektar yeri hujjatda suvli maydon sifatida qayd etilgan fermer esa g‘allani sotib olib rejasini bajarmoqda.

    Foto: “Daryo”

    — Bu ariqdan kelayotgan suv Dursun hamda Zum qishlog‘i aholisining tomorqasini sug‘orardi, — deydi aholi vakillaridan biri Turkman Norqulov. — Qishlog‘imizda 3350 nafar aholi istiqomat qiladi. Mavjud 678 ta xonadondan 50 dan ortig‘i tomorqadan daromad ko‘radi. Zum qishlog‘idagi 619 ta xonadonning 100 ga yaqini tomorqa sug‘oradi. 150 dan ortiq xonadon bugun suvsiz o‘tiribdi. Tomorqadan daromad qilolmayapti. Prezidentimiz tomorqadan unumli foydalanish haqida ko‘p marotaba takrorlasalar-da, tuman mas’ullari aholining suvga bo‘lgan ehtiyojini arzimas sabablar bilan e’tibordan chetda qoldirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    — 2018-yil o‘z mablag‘imdan 21 million so‘m sarflab, g‘allani boshqa fermerdan sotib oldim va rejani bajardim, —  deydi “Berdiyev Eshmamat Berdiyevich” fermer xo‘jaligi rahbari Eshmamat Berdiyev. — Sababi mening ixtiyorimdagi 191 gektar yerning 31 gektari hujjatlarda suvli maydon sifatida ko‘rsatilgan. Shu boisdan ham o‘sha yerdan olinadigan hosilimni suvli maydon rejasi bo‘yicha topshiraman. Aslida esa, o‘sha 31 gektar yerga suv bormayotganiga 7 yil bo‘ldi. 7  yildan beri g‘allani sotib olib, davlat rejasini bajarib kelyapman.

    Eshmamat Berdiyev

    Eshmamat Berdiyev
    Foto: “Daryo”

    Aholi vakillarining aytishicha, suv-ariqning qishloqqa kirish qismi o‘pirilib, jarliklar yuzaga kelgan. Eski anhor kanalidan kelayotgan suv o‘sha jarliklar sabab aholigacha yetib bormayapti.

    Foto: “Daryo”

    — Bizda suv muammo emas, faqatgina ariqqa e’tibor qaratilib, o‘pirilib tushgan joylari ta’mirlansa, ariq yo‘li tozalansa, muammo ariydi, — deydi aholi vakillaridan yana biri Toshpo‘lat  Bo‘ronov. — Qishloqdoshlar hashar yo‘li bilan qilamiz desak, o‘pirilib  tushgan joylariga texnika yordami kerak. Qolaversa, shu ariqdan katta fermer xo‘jaliklari, bog‘ ham suv ichish umidida. Fermer davlatga suv bormaydigan yer uchun suvli maydon rejasini bajarib, g‘alla topshiryapti-ku.

    Eski Anhor kanali

    Eski Anhor kanali
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Fermer Eshmamat Berdiyevning ma’lumot berishicha, fermer bu muammo bilan tuman hokimligi-yu, viloyat tashkilotlari hatto viloyatning sobiq rahbari Zafar Ro‘ziyev qabulida ham bo‘lgan. Unga taqdim etilgan javob xatlarida yozilishicha, fermerning  hujjatlarda suvli yer sifatida qayd etilgan, ammo amalda suvsizlikdan qaqrab yotgan yerlariga borgan suv-ariq 2019-yil ta’mirlab beriladi. Biroq, joriy yil yakunlanayapti-ki, ta’mirlash ishlaridan darak yo‘q.

    Fermerning hujjatlarda suvli yer deb qayd etilgan dalasi

    Fermerning hujjatlarda suvli yer deb qayd etilgan dalasi
    Foto: “Daryo”

    — 2012-yil yaxshi niyat bilan 10 gektar maydonda bog‘ yaratgandik, mevali daraxtlar ekib ancha parvarishladik, biroq suvsizlik sabab bugungi kunda daraxtlarimiz nobud bo‘lmoqda, — deydi bog‘bonlikni kasb qilgan Berdimurod Boboqulov. — 2012 yilgacha yaxshigina suv kelardi. Ammo keyinchalik e’tibor susaydi va shu ahvolga kelib qoldik.

    Fermer Eshmamat Berdiyevning ta’kidlashicha, viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov mutasaddilarga fermer yeri uchun suv keltirib berish topshirig‘ini bergan, ammo e’tiborsiz rahbarlar sabab muammo haligacha hal etilmay qolmoqda.

    Suvsizlikdan quriyotgan bog‘

    Suvsizlikdan quriyotgan bog‘
    Foto: “Daryo”

    Qishloq ahlining “Daryo” muxbiriga qo‘shimcha qilishicha, qishloqdagi ichki yo‘llar ahvoli ham o‘ta qoniqarsiz. Ta’bir joiz bo‘lsa, ahvoliga maymunlar yig‘laydi.

    Qishloqning ichki yo‘li

    Qishloqning ichki yo‘li
    Foto: Farhod Norqulov

    Kutamiz, mutasaddilar ne derkin?

    17.12.2019, 20:56   Izoh (0)   26204
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda itning ustiga mashina haydagan 2 haydovchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

    17.12.2019, 20:43

    O‘zbekistonda 26-dekabr kuni quyosh tutilishi kuzatiladi

    17.12.2019, 20:27

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi archa bezatish sog‘liq uchun foydali ekanligini bildirdi

    17.12.2019, 20:11

    O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab qo‘riqlanadigan yuklar uchun yig‘im miqdori oshiriladi

    17.12.2019, 20:09

    Navoiy viloyati adliya boshqarmasi shahar hokimi qarori yuzasidan taqdimnoma kiritdi. Navoiyda mehmon izzati 4 soatdan bir kunga uzaytirildi

    17.12.2019, 19:42

    Namanganda 700 gr simobni 6000 dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

    17.12.2019, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chaqmoq Makvin” qaytmoqda: Disney mashhur multfilm asosida yangi serial suratga oladi

    Kino | 9 avgust, 16:55

    Surxondaryoda tanishining behayo videolarini tarqatish bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:40

    “Hushimdan ketdim, hatto tez yordam chaqirmagan” — Qarshida IIB xodimi homilador ayolni kaltaklagan bo‘lishi mumkin (video)

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:20

    “Barselona” 2026-yilda Harri Keynni sotib oladi

    Sport | 9 avgust, 16:04

    “Ukraina o‘z hududlaridan voz kechishni xohlamayapti” — Zelenskiy

    Dunyo | 9 avgust, 16:00

    “Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

    Kino | 9 avgust, 15:35

    Xitoyda realistik robotlar sotiladigan yangi do‘kon ochildi (foto)

    Dunyo | 9 avgust, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.