• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nurdinjon Ismoilov: Qonunchilik palatasi faoliyatining so‘nggi uch yili Shavkat Mirziyoyev taklif etgan islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘ldi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi vakolatlari muddati tugashiga ham oz fursat qoldi. Parlament quyi palatasi faoliyatining so‘nggi uch yili Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan islohotlar yo‘lini amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq holda kechdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov fikr yuritgan.

    Foto: Facebook/Nurdinjon Ismoilov

    Foto: Facebook/Nurdinjon Ismoilov

    2017-yildan e’tiboran yangi demokratik institut — Prezidentning Oliy Majlisga Murojaat bilan chiqish instituti joriy qilindi. Ushbu muhim institut parlamentning mamlakat hayotidagi roli va o‘rnini chinakamiga oshirish, O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi siyosiy yo‘lidagi muhim ustuvorliklar va vazifalar bo‘yicha ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlash uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Ushbu vazifalarga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati sohasidagi ishlar qisqa muddatda qayta ko‘rib chiqilib, sifat jihatidan yangi shakl va usullar joriy etildi.

    Birinchidan, joylarda parlament nazoratini amalga oshirish, deputatlarning saylov okruglaridagi saylovchilar bilan hamkorligining shakllari va usullari, ijro etuvchi hokimiyat organlariga mavjud muammolarni hal etishda ko‘maklashish, hududlarda ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish mexanizmlari o‘zgartirildi. 2017—2018-yillarning o‘zida respublikaning 137 ta tuman va shahridagi haqiqiy holat bevosita joylarga chiqib o‘rganildi. Shu asnoda ko‘plab tahliliy va amaliy hujjatlar to‘planib, mazkur hujjatlar asosida mahalliy davlat hokimiyati hududiy organlarining faoliyati tanqidiy jihatdan ko‘rib chiqildi.

    Fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolarni, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni aniqlash uchun xonadonma-xonadon, uyma-uy yurilib, 400 ming nafardan ziyod fuqarolar hamda 14 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

    Ikkinchidan, deputatlar korpusi qonun ijodkorligi faoliyatining natijadorligi oshdi. Agar 2016-yil mobaynida deputatlar tashabbusi bilan jami 11 ta qonun kiritilgan bo‘lsa, 2017-yil mobaynida bu ko‘rsatkich 27 tani tashkil etib, 2,5 baravar o‘sdi. Keyingi yillarda ham shunday o‘sish kuzatildi.

    Uchinchidan, parlament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadida uning yangi tuzilmaviy bo‘linmalari tashkil etildi. Masalan, Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tashkil qilindi. Ushbu institut faoliyati parlament ishini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash sifatini oshirishga, uning ishi samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha yangi ilg‘or uslubiyot va texnologiyalarni joriy etish uchun ko‘maklashishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

    Parlament tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatning ko‘p qirraliligi inobatga olingan holda, Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalari tashkil etildi. Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya, shuningdek, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etilib, ular faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi.

    To‘rtinchidan, axborot maydonida deputatlar faoliyati sezilarli darajada faollashdi, jamoatchilikni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor etish borasida ularning roli keskin oshdi. Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalardan foydalanilishi, Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytidagi barcha fuqarolar uchun ochiq bo‘lgan “deputatning virtual qabulxonasi” xizmati xalq vakillarining barcha saylovchilar bilan munosabati sifati va tezkorligini, ular faoliyatining shaffofligi hamda hisobdorligi darajasini jiddiy tarzda oshirdi.

    Hozirgi vaqtda aynan deputatlar odamlarni bezovta qilayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha jamoatchilik bilan olib borilayotgan faol muloqotning tashabbuskori bo‘lmoqda. Qisqa muddat ichida deputatlar o‘zlarining ko‘plab dadil va ochiq chiqishlari bilan jamiyatda obro‘-e’tibor, hurmat qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Parlament tomonidan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini, ularni amalda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini aholining turli qatlamlariga tushuntirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

    Beshinchidan, parlament nazoratini yuritishning yangi shakli — hukumatning har choraklik hisobotini eshitish deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

    Qabul qilingan qonunlarning, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotimiz bobidagi vazifalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan sifatli, o‘z vaqtida bajarilishi borasidagi parlament monitoringi milliy qonunchilikni, parlamentning nazorat faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini shakllantirish negiziga, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning muhim omiliga aylandi.

    Deputatlarning har oy 10 kun davomida bevosita saylov okruglarida ishlashi natijasida xalq noiblari o‘z saylovchilarining ehtiyojlari va muammolari to‘g‘risida axborot olishini ta’minlovchi barqaror mexanizm shakllandi. Shuningdek, ikki tomonlama hisobdorlik tizimi yaratildi.

    Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishi ham yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi. Parlament a’zolari bu Kengashlarning ishida doimiy asosda ishtirok eta boshladilar. Mahalliy va respublika darajasidagi deputatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan uzoq yillar davomida o‘z yechimini topmay kelayotgan ko‘plab masalalar tezkor ravishda hal etilmoqda.

    Mamlakat rahbarining davlat hokimiyati turli tarmoqlarining o‘zaro bir-birini tiyib turish hamda muvozanatini saqlash mexanizmlari tizimida parlamentning rolini oshirishga qaratilgan tashabbuslari alohida e’tibor va e’tirofga loyiqdir. Natijada Oliy Majlisning faoliyatiga hukumat ishi ustidan parlament nazoratining muhim turi — muntazam ravishda o‘tkaziladigan “hukumat soati” joriy etildi.

    Hukumat a’zolarining nomzodlarini tasdiqlash borasida Prezident tomonidan ilgari surilgan tajriba Oliy Majlisning nazorat qilish vakolatlarini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.

    O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida parlament Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, ochiq, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi hamkorlikka qaratilgan, Vatanimiz milliy manfaatlarini himoya qilishga hamda ilgari surishga asoslangan tashqi siyosiy yo‘lning faol ishtirokchisiga aylandi.

    Mamlakat parlamenti samarali xalqaro aloqalar siyosatini amalga oshira borib, qisqa muddat ichida ko‘plab nufuzli parlamentlararo birlashmalarning faol ishtirokchisiga aylandi. Parlamentlararo Ittifoq, MDHga a’zo mamlakatlarning Parlamentlararo Assambleyasi shular jumlasidan bo‘lib, O‘zbekiston parlamenti a’zolari mazkur tashkilotlar rahbarlik tuzilmalaridagi yuqori lavozimlarga tayinlandilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston 2017-yildan e’tiboran o‘zining YeXHT Parlamentlararo Assambleyasidagi ishtirokini qayta tikladi.

    Parlament tashqi siyosat borasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar — Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, dunyoning yetakchi davlatlari, xalqaro tashkilotlar bilan strategik sheriklikning ko‘p qirrali tizimini shakllantirish, respublikamiz hududidan tashqaridagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilishni ta’minlash sohalarida faol ishtirok etmoqda.

    “Ishonchimiz komilki, xalq saylagan vakillar orqali fuqarolar manfaatlarini ifodalovchi haqiqiy demokratik organ sifatida shakllangan, davlat hokimiyati organlari tizimida munosib o‘rin egallagan, mamlakatda amalga oshirilayotgan ulkan va keng ko‘lamli islohotlarga jalb etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusida ham davlat rahbarining xalq farovonligi, Vatan gullab-yashnashiga qaratilgan Yangi siyosiy yo‘lining faol ishtirokchisi va davomchisi bo‘lib qoladi”, — deydi Nurdinjon Ismolilov.

    16.12.2019, 22:14   Izoh (0)   12309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘yliqdagi metro qurilishi ishlari sababli bir nechta avtobus harakatiga o‘zgartirish kiritiladi

    16.12.2019, 21:54

    Andijonda sobiq bank rahbari 173 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi

    16.12.2019, 21:32

    O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi (foto)

    16.12.2019, 21:13

    Sirdaryoda qariyb 34 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalar musodara qilindi

    16.12.2019, 20:57

    “O‘zavtosanoat” ikki qo‘shma korxona o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikka izoh berdi

    16.12.2019, 20:44

    Maktablarda 2020-yildan “Tarbiya” fanini joriy etish rejalashtirilmoqda

    16.12.2019, 20:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.