Surxondaryo viloyati IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi xodimlari tomonidan 11-dekabr, chorshanba kuni Termiz tumani “Qoraxon” mahallasi hududida joylashgan o‘quv dala poligonida ommaviy tartibsizliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlashga qaratilgan maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mashg‘ulotlar davomida huquq-tartibot organlari, tibbiyot hamda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari kutilmagan hodisalar yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan “repetitsiya” qilib oldi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati olgan suratlarda avtobusga ortilayotgan tartibbuzarlar, qalqon ko‘tarib norozilik o‘tkazayotgan tajovuzkor olomonni bostirishga urinayotgan militsionerlar, zambilda jarohatlangan fuqaroni olib ketayotgan FVV xodimlari, maskirovka bilan yuzini va tanasini yashirgan snayperni va boshqa noodatiy kadrlarni ko‘rish mumkin.
Mavzuga doir: