Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining so‘nggi tur bahslariga 10-dekabr, seshanba kuni start berildi.
Musobaqaning amaldagi chempioni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” mehmonda “Zalsburg”ni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yinning 57-daqiqasida Mersisayd klubi yarim himoyachisi Nabi Keyta Sadio Mane uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib “qizillar” yetakchilaridan biri Muhammad Saloh hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa “Liverpul” safarda kechgan bahsda “Zalsburg” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu g’alabadan so‘ng “Liverpul” ochkolari sonini 13 taga yetkazib, “E” guruhida birinchi o‘rinni egallagan holda musobaqaning nimchorak finaliga yo‘llanmaga ega chiqdi. “Zalsburg” esa 7 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi.
“E” guruhidagi holat:
Shu kuni turning markaziy uchrashuvlaridan birida Antonio Konte boshqaruvidagi Milanning “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa”da Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” klubini qabul qildi.
Bellashuvning 23-daqiqasida kataloniyaliklar yarim himoyachisi Karles Peres hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqaga kelib “neradzurrilar” yetakchisi Romelu Lukaku hisobni tenglashtirdi (1:1). 86-daqiqada esa “ko‘k-anorranglilar” safida Karles Peres o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Anssumane Fati “Barselona”ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Barselona” Milanda “Inter”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ta’kidlash joiz, Valverde shogirdlari 14 ochko jamg‘arib, “F” guruhida birinchi o‘rinni egalladi. “Inter” esa 7 ochko bilan 3-o‘rinni band qildi va jamoa musobaqadagi yurushini to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” guruhda muddatidan avval birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Chempionlar Ligasi pley-off masalasini hal qilib qo‘ygandi.
“F” guruhidagi holat:
“H” guruhida esa Frenk Lempard boshchiligidagi Londonning “Chelsi” klubi o‘z uyida “Lill” bilan bahsga kirishdi.
To‘qnashuv davomida “aristokratlar” vakillari Temmi Abraham (19) hamda Sesar Aspilikueta (35) tomonidan urilgan gollarga mehmonlar Loik Remi (78)ning goli bilan javob qaytardi.
Natijada London klubi o‘z maydonida kechgan bahsda “Lill”ni kichik 2:1 hisobida mag‘lub etdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joiz, “Chelsi” 11 ochko to‘plagan holda “H” guruhida 2-o‘rinni egalladi va Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga chiqdi. So‘nggi o‘rindagi “Lill” esa 1 ochko jamg‘ardi.
“H” guruhidagi holat:
YChL
6-tur bahslari
“E” guruhi
“Zalsburg”—“Liverpul” 0:2
Gollar: 0:1 — 57 Keyta, 0:2 — 58 Saloh“Napoli”—“Genk” 4:0
Gollar: 1:0 — 3 Milik, 2:0 — 26 Milik, 3:0 — 38, penalti Milik, 4:0 — 74, penalti Mertens“F” guruhi
“Borussiya D”—“Slaviya Praga” 2:1
Gollar: 1:0 — 10 Sancho, 1:1 — 43 Souchek, 2:1 — 61 Brandt“Inter”—“Barselona” 1:2
Gollar: 0:1 — 23 Karles Peres, 1:1 — 44 Lukaku, 1:2 — 86 Fati“G” guruhi
“Lion”—“Leypsig” 2:2
Gollar: 0:1 — 9, penalti Forsberg, 0:2 — 33, penalti Verner, 1:2 — 50 Auar, 2:2 — 82 Depay“Benfika”—“Zenit” 3:0
Gollar: 1:0 — 47 Servi, 2:0 — 58, penalti Pitssi, 3:0 — 79, avtogol Azmun“H” guruhi
“Chelsi”—“Lill” 2:1
Gollar: 1:0 — 19 Abraham, 2:0 — 35 Aspilikueta, 2:1 — 78 Remi“Ayaks”—“Valensiya” 0:1
Gol: 0:1 — 24 RodrigoYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)