“Lion” O‘zbekiston terma jamoasi va “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, fransiyaliklar klubi skautlari 24 yoshli futbolchini “Spartak” — “Rostov” uchrashuvida (4:1) kuzatib borgan. Qishki tanaffus arafasidagi so‘nggi o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi bitta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.
Shuningdek, Shomurodovga Ispaniyaning “Sevilya” klubi ham befarq emas.
“Rostov” hujumchisi Rossiya chempionatida “gol+pas” tizimi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘nta gol va beshta samarali uzatmaga muallif bo‘lgan Eldor bu borada faqat “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyubadan ortda qolmoqda.
Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi safida 2019-yili o‘nta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)