Londonning “Chelsi” klubiga egalik qiluvchi rossiyalik milliarder Roman Abramovich jamoani sotishni istamayapti.
The Wall Street Journal nashrining xabar qilishicha, “Los-Anjeles Dojers” beysbol jamoasining aksiyadorlaridan biri Todd Boeli “Chelsi”ga xaridor bo‘lgan.
Biroq Abramovich amerikalik investorning salkam 3 milliard dollarlik taklifini rad etgan. Bu midordagi pul rossiyalik biznesmenni qoniqtirmagan. Ammo muzokaralar davom etayotgani haqida xabarlar bor.
Avvalroq Abramovich “Chelsi”ni sotish fikridan qaytgani ma’lum bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)