Ukraina va Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamkorlikning yangi dasturi haqida kelishuvga erishdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Foto: Reuters

“XVJ bilan yangi hamkorlik dasturi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, korrupsiyaga barham berish va har bir ukrainalikning farovonligini oshirishga qaratilgan”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Jamg‘arma direktor-boshqaruvchisi Kristalina Georgiyevaga ko‘ra, kredit summasi 5,5 milliard dollarni tashkil etadi va uch yil muddatga mo‘ljallangan.

Mazkur kelishuv XVJ rahbariyati va boshqaruvchilar kengashi tomonidan ham ma’qullanishi lozim.