Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda talabalarga yarim stavkadan ortiq bo‘lmagan hajmda ishlash huquqi berilishi mumkin. Bu Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda oliy ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim jarayonini tashkil etish, oliy ta’lim tizimini boshqarish jarayonlarini, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini tartibga soladi.

Shuningdek, hujjatda oliy ta’lim muassasalari talabalari va xodimlarining huquq va majburiyatlari belgilangan.

OTM faoliyatidan norozi bo‘lganlar belgilangan tartibda, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga egaligi qayd etilgan.

Qaror loyihasi muhokamasi shu yilning 14-dekabriga qadar davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi