• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Energetika vazirligi elektr energiyasi tizimidagi uzilishlar va nosozliklar sabablarini ma’lum qildi

    Ob-havoning sovishi bilan O‘zbekistonning turli hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘layotgani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Xususan, 27-noyabr, chorshanba kuni Toshkent metropolitenining bir nechta bekatida chiroq o‘chib qolgan. Shuningdek, shu kunning o‘zida Toshkentda TV orqali jonli efirda ko‘rsatilayotgan saylov debati elektr o‘chgani sabab uzilib qoldi.

    O‘zbekiston Energetika vazirligi elektr toki uzilishi sabablari va uning nima uchun elektr yetkazib beruvchilar tomonidan o‘chirib qo‘yilishi haqida ma’lumot berdi.

    Foto: Energetika vazirligi

    Foto: Energetika vazirligi

    Qayd etilishicha, O‘zbekiston Energetika vazirligi tasarrufida faoliyat yuritayotgan elektr energiyasi tizimiga elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalar (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “O‘zbekgidroenergiya” AJ), elektr energiyasini uzatish uchun yuqori kuchlanishli magistral tarmoqlari (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ), elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlari (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ) va elektr energiyasi iste’molchilari kiradi.

    Mazkur tizimning boshqa ishlab chiqarish soha va yo‘nalishlardan farqi shundaki, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish bir paytning o‘zida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yagona texnologik jarayon hisoblanadi. Har lahzada tizim qismlari o‘rtasida muvozanat o‘rnatish nihoyatda muhim vazifa sanaladi.

    Ya’ni elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish o‘rtasida energiya balansi muntazam ravishda ta’minlanishi lozim. Muvozanat saqlash tizimning ishonchli faoliyatining kafolati hisoblanadi. Shunga ko‘ra, tizim dispetcheridan juda qisqa vaqtda keskin chora ko‘rish talab etiladi.

    Ta’kidlanishicha, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi kuzatilgan paytda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi energiya balansini ta’minlash juda qiyin vazifa bo‘lib qolmoqda. Bunda katta avariyalarning va butun mamlakatda hamma iste’molchilarning elektrsiz qolishining oldini olish uchun elektr energiyasi ta’minotida uzilishilar qilishga to‘g‘ri keladi.

    Dispetcherlik markazi tomonidan energotizimda muvozanat saqlash jarayoni o‘z vaqtida ta’minlamasa, tizimdagi zo‘riqish turli yirik avariyalarga sabab bo‘lib, katta-katta hududlarda uzoq vaqt elektr energiyasi bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi, deyiladi vazirlik xabarida.

    Ma’lum qilinishicha, elektr energiya ta’minoti tizimidagi nomutanosiblik hamda elektr energiyasi talabning ortishi sababli sodir bo‘ladigan avariyalarning tipik sabablari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

    ishlab chiqaruvchi quvvatining pasayishi yoki energiya tizimida iste’molning ko‘payishi, ya’ni iste’molchi yuklamasining ortishi tufayli elektr toki chastotasining keskin pasayishi. Chastotaning pasayishi natijasida avariya holatida ishlayotgan jihoz va uskunalar nosoz holga keladi;

    elektr energiya tizimining asosiy tugunlarida (avtotransformatorlarda) kuchlanish darajasining pasayishi tufayli generator va sinxron kompensatorlar faoliyatida reaktiv quvvat yuklamasining yetishmasligi yoki haddan tashqari yuklanishi;

    generator va sinxron kompensatorlarning aktiv va reaktiv kuchlari noto‘g‘ri taqsimlanishi, elektr energiyasi iste’molchilarining tarmoqqa haddan tashqari ko‘p ulanishi, energouzellarda quvvat oqimlari ko‘payishi;

    energiya iste’molining intensiv o‘sishi sababli energiya tizimining ayrim generatorlarida asinxron rejim paydo bo‘lishi;

    tarmoqlararo tizim va tarmoq ichidagi tranzit elektr uzatish liniyalari va uskunalarida quvvat oqimlarining maksimal qiymatidan oshib ketishi va energotizimda paydo bo‘ladigan boshqa beqarorliklar.

    Qayd etilishicha, favqulodda o‘chirishlar paydo bo‘lishining asosiy sabablari energiya uskunalarining haddan tashqari yuklanishi hamda mavjud quvvat va elektr energiyasi ta’minotida muvozanatning buzilishi hisoblanadi.

    Bunday tizimli avariyalarning oldini olish uchun elektr energiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish, iste’mol madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatda energiya samaradorligini oshirish lozim. Shuningdek, tizimni muqobil energiya turlari bilan boyitib borish va energotizim faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarda yangi texnologiyalarni joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshirish hamda texnologik sarflarni kamaytirishga erishish talab etiladi. Hukumatimiz tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu, o‘z navbatida, aholi va yuridik iste’molchilarini elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va kelgusida mavsumiy iste’mol hajmini oldindan aniqlash imkoniyatini yaratadi.

    Ma’lum qilinishicha, agar energotizimda muvozanat ta’minlanmasa, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasining dispetcherlari belgilangan tartibga muvofiq elektr energiyasini o‘chiradi. Agar bu muvozanat hududiy nazoratchilar tomonidan amalga oshirilmasa, ya’ni ma’lum jadvalga asosan cheklashlar orqali muvozanat saqlay olinmasa yoki ular tomonidan markaziy dispetcherlik boshqaruvi ko‘rsatmalariga amal qilinmasa, energotizim xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori kuchlanishli elektr liniyalari tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yiladi.

    “Aniqrog‘i, bunday amaliyot qo‘llanilishiga majbur bo‘linadi. Agar hududiy dispetcherlar ma’lum jadval tartibiga asosan, tegishli texnik-muhandislik qoidalariga binoan past kuchlanishli elektr tarmoqlarida energotizim muvozanatini ta’minlasa, markaziy dispetcherlik boshqaruvida favqulotda qaror qabul qilinishiga hojat bo‘lmaydi”, — deyiladi vazirlik izohida.

    Qayd etilishicha, belgilangan cheklovlar hududiy elektr tarmoqlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, tizimdagi yirik avariyalarning oldini olish uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi tomonidan katta hududlar elektr ta’minotidan uzib qo‘yiladi. Bu amaliyot hukumat tomonidan tasdiqlangan elektr energiya xavfsizligi qoidalariga binoan amalga oshiriladi. Natijada, yirik talafot keltirishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar hamda jiddiy iqtisodiy zararlarning oldi olinadi.

    Mavzuga doir:

    Toshkentda TV orqali jonli efirda ko‘rsatilayotgan saylov debati elektr o‘chgani sabab uzilib qoldi

    Toshkent metrosidagi uchta bekatda chiroqlar o‘chib qoldi

    Toshkent metrosidagi uchta bekatda chiroqlar nima sababdan o‘chib qolgani ma’lum qilindi

    28.11.2019, 20:05   Izoh (0)   79827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moliya vazirligi O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdorini e’lon qildi

    28.11.2019, 19:52

    Xorijga ishlashga ketayotgan o‘zbekistonliklarga hukumat 2 mln so‘mgacha qarz beradi

    28.11.2019, 19:36

    Jizzaxda oyiga 3 ming dollar ishlab topishini aytib, ayollarni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    28.11.2019, 19:20

    Yoshligingizni eslatuvchi test: 90-yillar o‘zbek estradasi qo‘shiqlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

    28.11.2019, 19:04

    Ovchilar jamiyatiga a’zo bo‘lmaganlarning baliq tutishini ham taqiqlovchi qonun loyihasiga deputatlar qarshi chiqdi

    28.11.2019, 18:51

    Farg‘onada Toshkentga 300 mln so‘mlik psixotrop dori vositalari yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi

    28.11.2019, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.