Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxona yonida poytaxtdagi asosiy Yangi yil archasini o‘rnatish ishlari boshlandi. “Daryo” mazkur ishlar aks etgan fotosuratlarni taqdim etadi.
Bu yil archani o‘rnatish ishlariga odatdagidan ko‘ra erta kirishildi.
Avvalroq Tashkent City bog‘ida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramiga tayyorgarlik boshlangani haqida xabar berilgan edi. Xiyobon rang-barang chiroqlar va badiiy bezaklar bilan bezatiladi.
Izoh (0)