• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Vafli” chizig‘i. U nima va qanday qo‘llaniladi?

    Norma’da texnika fanlari nomzodi Bahodir Qayumovning Toshkent shahrida sinov tariqasida qo‘llanilayotgan “vafli” chiziqlari haqidagi maqolasi e’lon qilindi. Quyida ushbu maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    “Vafli” chizig‘i yoki “vaflisimon” chiziq — chorraha chegaralari ko‘rsatilgan diagonal chiziqli to‘rsimon ko‘rinishdagi sariq rangli yo‘l chizig‘i.

    Bu turdagi yo‘l chizig‘i bizga Rossiya tajribasidan kirib keldi. Rossiya Yo‘l harakati qoidalaridagi “Vafli” chizig‘ini qo‘llash to‘g‘risidagi band 2018-yil 28-apreldan kuchga kirgan. Rossiyada bunday chiziqqa 1.26 raqami berilgan. 1.26 chizig‘i mustaqil ravishda yoki 1.35 “Chorraha uchastkasi” yo‘l belgisi bilan birga qo‘llaniladi. O‘z navbatida, ushbu yo‘l belgisi “vafli” chizig‘isiz qo‘llanmaydi.

    Yangi chiziq svetoforlar bilan tartibga solinadigan, tez-tez tirbandliklar yuzaga keladigan chorrahalarda qo‘llaniladi.

    “Vafli” chizig‘ining funksiyasi — ko‘ndalang yo‘nalishdagi harakatlanishga to‘sqinlik tug‘diradigan tirbandlik yuzaga kelganda kirish taqiqlanadigan chorraha uchastkasini ifodalash. Ushbu chiziq Yo‘l harakati qoidalarida (YHQ) belgilangan holatlarda o‘ng yoki chap tomonga burilishni taqiqlamaydi.

    Tayyorgarlik ishlari yakuniga yetganda “vafli” chizig‘i Toshkent shahridagi 25 ta chorrahada chiziladi.

    Qanday holat bu chiziq talabini buzish hisoblanadi va bu qoidabuzarlik qanday qayd etiladi?

    Ushbu chiziq qoidalarining buzilishi quyidagicha ifodalanadi. Ketayotgan yo‘nalishingizda oldinda tirbandlik yuzaga kelgan, siz “vafli” chiziqli uchastkaga kirdingiz, transport vositalari harakatlanishini kutib to‘xtab turibsiz, biroq qizil chiroq yonguniga qadar sariq rangli chiziqlardan chiqishga ulgurmadingiz. Siz ko‘ndalang yo‘nalishdagi harakatlanishga to‘sqinlik tug‘diryapsiz, demakki, YHQ talablarini buzdingiz.

    Boshqacha aytganda, transport vositasi chorrahaning shunday chiziq chizilgan qismiga kirib, svetoforning qizil chirog‘i yonguniga qadar uni tark etishga ulgurmasa, jarima qo‘llaniladi. Qoidabuzarliklar asosan avtomatik rejimda ishlaydigan fotovideo qayd etish majmui orqali qayd etiladi. Yo‘ldagi kamera, hatto siz svetoforning qizil chirog‘i yonganda “vafli” chizig‘ining oxirida bo‘lib, harakatlanishga to‘sqinlik tug‘dirmagan bo‘lsangiz ham, qoidabuzarlikni qayd etadi. O‘zbekiston YHQga muvofiq:

    • Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
    YHQning amaldagi tahririda boshqa haydovchilarga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish taqiqlanadi. Biroq ushbu qoida ko‘pincha e’tiborga olinmaydi va katta chorrahalarda tez-tez tirbandliklar yuzaga keladi, bunda transport vositalari hech qaysi tomonga harakatlana olmaydi.

    Bunday vaziyatning sabablaridan biri – fotovideo qayd etish kameralari o‘rnatilmagan chorrahalarda YHQning 97-bandida keltirilgan qoidabuzarlikni aniq qayd etishning imkoni yo‘qligida.

    Tirband chorrahalarga kirayotgan va boshqa transport vositalari uchun to‘sqinlik tug‘diradigan haydovchilarni tez-tez uchratish mumkin.

    Bundan buyon, O‘zbekistonda ushbu yangilikni joriy etish tashabbusi bilan chiqqanlarning fikricha, “vafli” chizig‘i yo‘l kamerasi bilan birgalikda bunday haydovchilarni tartibga chaqiradi, axir tirband chorrahaga kirib jarimaga tushgandan ko‘ra, bir necha daqiqa kutib, keyin yo‘lda davom etgan afzalroq.

    Shu bilan birga, O‘zbekistonda yo‘l harakatini tashkil etish amaliyotida “vafli” chizig‘i joriy etilguniga qadar, fikrimizcha, bir qator tashkiliy va texnik masalalar hal etilishi lozim.

    1. YHQga o‘zgartirishlar kiritish va ularga “vafli” chizig‘ini qo‘shish.
    2. Rossiyadagi 1.35 “Chorraha uchastkasi” yo‘l belgisiga o‘xshash, yangi yo‘l belgisi ishlab chiqish va uni YHQga kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sababi tungi vaqtda, ayniqsa kuzgi-qishki va bahorgi mavsumda, noxush ob-havo sharoitida (qor, yomg‘ir) “vafli” chizig‘ini ko‘rish va anglash qiyin bo‘ladi.
    3. “Vafli” chizig‘i chizilishi rejalashtirilayotgan shahar ko‘chalaridagi har bir murakkab chorrahada sinchkovlik bilan harakat yo‘nalishlari (o‘ngga, to‘g‘riga, chapga) va transport oqimi tarkibi bo‘yicha transport oqimini hisobga olish va tarkibini tahlil qilish zarur. Chapga buriladigan oqim katta bo‘lganda, uning uchun svetoforning qo‘shimcha seksiyasini o‘rnatish zaruratini ko‘rib chiqish kerak.
    Shuningdek haydovchilar oldindan mo‘ljallab harakat qilishlari uchun svetoforning ushbu seksiyasiga taymer o‘rnatish yoki yashil chiroq o‘chishidan oldin miltillovchi rejim nazarda tutilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aks holda, aybdor bo‘lmagan holda (yo‘lovchilarni va to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan ro‘paradan kelayotgan transport vositalarini o‘tkazib yuborish oqibatida) chorrahada turib qolish kabi qoidabuzarliklar ko‘payadi. Yoki “vafli” chizig‘ida turib qolishdan xavfsiraganlik tufayli, svetoforning har gal yashil ishorasi yonganda 3—5 ta transport vositasi o‘rniga chapga faqat 1—2 ta transport vositasi burilishga ulguradi, bu esa chorrahaga kirishda tirbandlikni yuzaga keltiradi.
    1. Chapga buriladiganlar uchun vafel chizig‘ida turib qolish xatarini kamaytirishning yana bir yo‘li – aynan chorrahada burilishni taqiqlash, bunda to‘g‘riga yurishga, keyin orqaga qayrilib, o‘ngga burilishga imkon berish kerak bo‘ladi.
    2. YHQning 102-bandiga zid holatni bartaraf etish lozim, ushbu bandga muvofiq svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’i nazar, belgilangan yo‘nalishda harakatini davom ettirib chiqib ketishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yo‘lida joylashgan svetoforlar oldida to‘xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo‘l belgisi) bo‘lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.
    3. “Vafli” chizig‘i chizilgan chorrahalarda svetoforning yashil chirog‘i albatta taymer bilan jihozlanishi lozim. Shunda haydovchilar “vafli” chizig‘i chizilgan joydan o‘tishga qancha vaqt qolganini, o‘tishga ulguradilarmi yoki turib qolish va jarimaga tushish xavfi bor-yo‘qligini baholay oladilar.
    4. Maydoni va joylashishi imkon beradigan chorrahalarda o‘ngga buriladigan transport vositalari uchun alohida yo‘laklar jihozlash /qurish/ lozim, bu esa harakatlanish uchun sharoitlarni yaxshilaydi va chorrahadan o‘tishni osonlashtiradi (qisman chorrahani yuklanishini kamaytiradi).
    5. “Vafli” chizig‘ini joriy etishdan oldin tuzilishi, murakkabligi va transport oqimlari yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi turlicha bo‘lgan bir nechta chorrahalarda uni 6—12 oy davomida sinab ko‘rish lozim. “Vafli” chizig‘i joriy etilguniga qadar va undan keyingi natijalarni (o‘tkazish qobiliyati, avariya holatlari, bir transport vositasining chorraha hududida o‘rtacha to‘xtab qolishi yoki o‘tib ketish vaqti ko‘rsatkichlari) sinchkovlik bilan tahlil qilish kerak. Faqat ushbu tahlil natijalari asosida ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida “vafli” chizig‘ini keng qo‘llash to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilish mumkin.
    “Vafli” chizig‘i puxta tayyorgarliksiz joriy etiladigan bo‘lsa, unda bu:
    • chorrahalardagi harakat xavfsizligi va o‘tkazish qobiliyatini oshirish, shuningdek ulardagi tirbandlikni kamaytirish kabi kutilayotgan natijalarga olib kelmasligi mumkin;
    • dastlabki bosqichda qo‘llaniladigan jarimalar sonining keskin oshishiga, keyin esa (bundan xavfsiragan haydovchilarning ehtiyotkorligi tufayli) — “vafli” chiziqli chorrahalarga kiradigan ko‘chalarda tirbandliklarning ko‘payishiga va oqibatda haydovchilarning noroziligi keskin oshishiga olib kelishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentning bir nechta chorrahalarida “Vafli chiziqlari” tashkil etilmoqda
    • Toshkent chorrahalarida yana bir yo‘l chizmasi sinovdan o‘tkaziladi

    26.11.2019, 21:26   Izoh (0)   51347
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasining o‘g‘li yonib ketdi

    26.11.2019, 21:10

    Mahalliy kengashlarga ayrim turdagi soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish vakolati berildi

    26.11.2019, 20:55

    “Daryo” oqshomi: Pasporti bo‘yicha erkak bo‘lib qolgan qashqadaryolik ayol, totalizatorlardan ogohlantirgan Musulmonlar idorasi, AQSh elchixonasining o‘zbekistonli...

    26.11.2019, 20:42

    Samarqandda yuz bergan YTHda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi

    26.11.2019, 20:25

    Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 15 ming so‘mga talabalar oshxonasida tushlik qildi

    26.11.2019, 20:08

    Shavkat Mirziyoyev Tatariston prezidentini qabul qildi

    26.11.2019, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi fuqarolarni sudrab ketdi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 15:01

    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi

    Reklama | 18 iyul, 15:00

    Harrison Ford o‘z faoliyatida birinchi marta “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi

    Layfstayl | 18 iyul, 14:55

    “Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymaydi ham” — Erdog‘on

    Dunyo | 18 iyul, 14:50

    “Siti” imperiyasi kengaymoqda: Fayzullayevning “SSKA”dan “Bashakshehir”ga o‘tishi ortida nimalar bor?

    Sport | 18 iyul, 14:44

    Moratoriy sabab yarim million daraxt asrab qolingan — deputat Murod Nazarovning moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshilik bildirdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 14:31

    Olimlar organlarning biologik yoshini o‘lchaydigan qon tahlilini ishlab chiqdi

    Ilm-fan | 18 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.