O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida qayd etilishicha, xalqaro tashkilotlar tuzilmalariga O‘zbekiston nomzodlari ilgari surilishi rejalashtirilmoqda.
Xususan, BMT, IHT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xalqaro moliyaviy institutlar tuzilmalariga O‘zbekiston nomzodlarini ilgari surish va bu boradagi ishlarni faollashtirish mo‘ljallanmoqda.
Bunda nomzodlarni ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, belgilangan tartibda tasdiqlash hamda O‘zbekiston nomzodlarini ilgari surish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Muddat — 2020-yil 1-iyul, keyinchalik — yarim yilda bir marta. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, vazirlik va idoralar mas’ul organlar sifatida belgilangan.
Shuningdek, xalqaro hamjamiyat e’tibor markazida turgan dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolar (inson huquqlari, odam savdosi, mehnat muhojirligi, giyohvandlik holatlari va boshqalar) haqida milliy hisobotlarni chop etish hamda O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda tarqatish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)