Toshkentda yana bir yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etilmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirildi.
Murojaatda aytilishicha, bugungi kunda poytaxt yo‘llarida juda ko‘p transport vositalari harakatlanmoqda. Ammo poytaxtning ayrim ko‘chalari ko‘p miqdordagi transport vositalari oqimini qabul qilishga mo‘ljallanmaganligi sababli doimiy ravishda tirbandliklar vujudga kelmoqda.
Mavzuga doir: Chilonzor tumanida yangi ko‘prik qurilishi mumkin
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Chilonzor tumanidagi yo‘llarda mavjud tirbandliklarni oldini olish maqsadida Kichik halqa avtomobil yo‘li va Qatortol ko‘chalari kesishmasi (“Shuhrat” chorrahasida) avtomobillar uchun yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) qurish taklifi berilgan.
Petitsiya portalga 2-noyabr kuni joylangan bo‘lib, belgilangan 90 kunlik muddatda yetarli ovoz (5 000) to‘plasa, vakolatli davlat organi tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi.
Bundan avval Chilonzor tumanida yangi ko‘prik qurilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)