Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan 25-sonli MTMda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda departament matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Tekshiruvda MTM xo‘jalik mudirasi G.R. tomonidan 33 xil turdagi 21,6 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari kamomadi hamda 2018-2019-yillarda 134,7 million so‘mlik go‘sht hamda 24 million so‘mlik sut mahsulotlari muassasa tarbiyalanuvchilariga berilmasdan jami 180,4 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani 25-sonli MTM xo‘jalik ishlari mudirasi G.R.ga nisbatan JKning 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)