Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona postida egizagining pasporti bilan xorijga chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi, deb xabar beradi DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati.
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan “G‘ishtko‘prik” o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 1971-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi F.X.ning fuqarolik pasporti sinchkovlik bilan tekshirilganda aslida bu pasport uning egizagi F.X.ga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq akasining pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga uringan tojikistonlik fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)