Toshkent viloyatidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan B.R. ismli mahkum boshqa bir mahkumning ishonchiga kirib, uni aldagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, B.R. boshqa mahkumning ishonchiga kirib, uni koloniyadan chiqarib yuborish uchun advokatga pora tariqasida pul berish bilan aldab, 2000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan B.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)