O‘zbekistonda yuridik jihatdan “jinoyatga moyilligi bor ayol” degan tushuncha yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Shavkat Kazakboyev jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
Uning tushuntirishicha, qonunchilikda huquqbuzarlikka moyilligi borlar ikkiga — jinoiy va ma’muriy toifaga bo‘linadi.Birinchi toifaga jazoni ijro etish muassalaridan qaytganlar, ichkilikka ruju qo‘yganlar, ruhiy kasallar, fohisha va fohishaxona saqlagan xotin-qizlar kiradi.2019-yil avgustida Toshkentda xotin-qizlarning 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalari shakllantirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi — ro‘yxatda, jumladan, uzoq vaqt chet elda bo‘lgan ayollar, ishsiz va vaqtinchalik propiskali xotin-qizlar kabi toifalar ham bor edi.Ikkinchi toifaga esa farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ayollar mansub.
Shavkat Kazakboyev, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i
Ro‘yxat jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan, Demokratiya va inson huquqlari instituti ushbu ro‘yxat yuzasidan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri va Toshkent shahar hokimi nomiga murojaat yo‘llagandi (shuningdek, bu ro‘yxat xonanda Lolaning “Sevgingni menga ayt 2” klipida ham qoralab chiqilgan).
Izoh (0)