Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan ayollar e’tiborsiz qoldirilgani, o‘z vaqtida qonuniy ish bilan ta’minlanmagani oqibatida yana jinoyat ko‘chasiga qayta kirib qolmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Zulayho Mahkamova aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
O‘tgan yillar mobaynida jazoni o‘tab qaytganlarga yetarlicha e’tibor berilmaganligi sababli, yana jinoyatga qo‘l urgan ayollar bor. Zangiotadagi ayollar jazoni ijro etish muassasasidagi xotin-qizlar bilan muloqotda bo‘lganimizda, ular orasida 3—4 marotabalab huquqbuzarlik sodir etganlar ham borligiga guvoh bo‘ldik.Avvalroq Samarqanddagi qamoqxonadan 23 yoshli qiz qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.Masalan, jazoni ijro etish muassasasiga birinchi marta 17 yoshida tushib, takroran yana 11 marta jinoyatga qo‘l urgan ayol bor. Shu ayol yaqinda pensiyaga chiqadi. Aytishicha, har safar ozodlikka chiqqanida, uni hech kim ishga joylashtirmagan va u yana noqonuniy ishga qo‘l urgan.
O‘sha mahkuma ayol bilan gaplashganimizda: “Endi ozodlikka chiqsam, menga ozgina yer bering — mehnat qilib, Vatanim oldidagi aybimni yuvaman”, dedi.
Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari
Izoh (0)