Rostov viloyati hukumati “Rostov” futbol klubiga 2019-yilda 380 million rubl pul mablag‘i ajratgani xabar qilindi.
2019-yili “Rostov” klubiga viloyat g‘aznasidan 380 million rubl miqdorida subsidiya ko‘rinishidagi grand ajratilgan, deya xabar qilmoqda “TASS”.
Rostov viloyati bayonotida ta’kidlanishicha, klubning qarzga botishiga viloyat gubernatori o‘rinbosari Igor Guskoving aloqasi yo‘q.
Shuningdek, mutasaddilar 2019—2020-yillarda “Olimp-2” stadionini kapital ta’mirdan chiqarish uchun 250 million rubl ajratilishini ta’kidlagan. Shuningdek, mashg‘ulotlar maydonini ta’mirlashga 48 million rubl ajratiladi. Klub ta’minoti va bolalar futboli uchun 78,6 million rubl ajratilishi belgilangan.
Avvalroq “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoa uch oydan buyon futbolchilar maoshini to‘lashda qarzdor ekanini aytgandi. Shuningdek, “Rostov” bu muammoni bartaraf etish maqsadida qishda bir nechta futbolchisini sotishi mumkinligi ta’kidlangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)