• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Quyultirilgan sut tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

    • Quyultirilgan sut haqida siz bilmagan ma’lumotlar
    • Quyultirilgan sutni qanday tanlaysiz? Tavsiyalar
    Odatda bozor yoki do‘konda mahsulot xarid qilayotganimizda birinchi navbatda uning narxiga e’tibor beramiz. Biroq ayrim holatlarda narxidan ham ko‘ra sinalgan, ancha vaqtdan beri foydalanib kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlarni tanlaymiz. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: olib iste’mol qilayotgan mahsulotlarimizning sifati va tarkibi qanchalik talabga javob beradi? Keyinchalik sog‘ligimizda muammolar yuzaga kelmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?Sovuq kunlar kirib kelishi bilan oila davrasida kechalari o‘tirib pishiriqlar bilan choy ichishda yoki ertalablari nonushta vaqtida tez-tez dasturxonimizda ko‘rinish beradigan mahsulotlardan biri quyultirilgan sut hisoblanadi. Universal sanaluvchi ushbu shirin massa pazandalikda ko‘p ishlatiladi. Choyga qo‘shib ichishning ham zavqi boshqacha. Tabiiyki, aksariyatimiz azaldan saqlanib qolingan an’anaga ko‘ra mana bunday idishdagi quyultirilgan sutni tanlaymiz:

    Ammo unutmaslik kerakki, mahsulot uzoq vaqt davomida sinalgan bo‘lsada, bugunga kelib uni ishlab chiqaruvchilar soni oy bo‘lmasa ham, yil sayin ortib bormoqda. Nomlari ham turfaki, ba’zan adashib ketmaslikning iloji yo‘q. Ayni o‘rinda idishni sinchiklab ko‘zdan kechirish talab qilinadi. Buning ustiga, peshtaxtada yoki bozor rastasida turgan mahsulotning faqat narxi yoki savdo belgisiga qarab olishga o‘rgangan bo‘lsangiz, vazifa ikki baravar qiyinlashadi. Narxi qancha baland bo‘lsa, sifati ham shunaqa, degan qoida barcha joylarda ham ish bermasligi mumkinligini unutmang.

    Quyultirilgan sut nimalardan tarkib topishini hammamiz juda yaxshi bilamiz — sut va shakar. Ammo zamonaviy ishlab chiqaruvchilar mazkur qoidaga amal qilishyaptimi? Keling, avvalo quyultirilgan sutga qo‘yiladigan asosiy talablarni ko‘rib chiqamiz:

    DSt (GOST) bilan tasdiqlangan

    Pasterizatsiyalangan yaxlit sigir suti - 88%

    Shakarli sirop - 12%

    Standarti

    - Yog‘lilik darajasi - 8,5%

    - Namlik - 26% dan ko‘p emas

    - Shakar - 43,5% dan kam emas

    - Kremli tusga ega oqqish rang

    - Quyuq, bir tekis aralashma

    - Tabiiy qaymoqqa o‘xshash shirin ta’m

    - Saqlash muddati - 0 dan 10 daraja haroratgacha 12 oy (temir idishda), plastmassa idishda 3-4 oy.

    Tarkibida nimalar bo‘lmasligi shart?

    · O‘simlik oqsillari

    · O‘simlik yog‘lari

    · Quyuqlashtiruvchi moddalar

    · Bo‘yoqlar (shu jumladan Titanium dioksid)

    · Shirin ta’m beruvchilar

    · Spora, zamburug‘lar

    · Tashqi qavat, qopqoq va tubidagi notekis shakl

    · Bankadagi bo‘ylama temir choklarning zanglagan dog‘lari va nuqsonlari.

    Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, quyultirilgan sut eng ko‘p qalbakilashtiriladigan mahsulot sanaladi. Bugungi kunda tekshirilsa, u nafaqat Titanium dioksid kabi bo‘yoqlar, balki 100% palma yog‘idan ham iborat bo‘lgan holatlar uchrab turadi. Bundan tashqari, aksar ishlab chiqaruvchilar o‘zlari “yaratgan” massani “quyultirilgan sut”, deb atashdan ham uyalishmaydi.

    “Shakarli quyultirilgan sut ishlab chiqarishda tozalangan deodorized palma yog‘idan foydalanish berilgan tarkibiy va mexanik xususiyatlarini saqlab qolgan holda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi, shuningdek, ularning yaroqlik muddatini uzaytiradi”, deb bilishadi.

    Boshqa bir ishlar chiqaruvchilar esa: “shakarli quyultirilgan sut ishlab chiqarishda quruq sut va o‘simlik yog‘lar ishlatish sut yetishmovchiligi hamda mahsulot tannarxini kamaytirish kabi muammolarni hal qiladi”, deb ta’kidlashadi.

    Qanday vajlarni keltirishlaridan qat’iy nazar ishlab chiqaruvchilar mahsulot idishida tarkib nimalardan iboratligini haqqoniy ko‘rsatishsa ham mayli edi.

    Quyultirilgan sut ishlab chiqarishda quruq sut, qaymoq, maslyanka, shakar va sut shakar (laktoza), suvga ruxsat berilgan. Boshqa hech narsa tarkibdan o‘rin olmasligi kerak.

    Agar qadoqda o‘simlik yog‘i, quyuqlashtiruvchi moddalar va boshqa kimyoviy qo‘shimchalar ko‘rsatilsa, bu quyultirilgan sut hisoblanmaydi.

    Bundan tashqari, mahsulot “Shakar bilan quyultirilgan toza sut” (Moloko selnoye sgushyennoye s saxarom) yoki “Moloko sgushyennoye s saxarom” deb yozilishi kerak. Agar qadoqda “Quyultirilgan sut” (Moloko sgushyennoye), “Maxsus quyultirilgan sut” (Moloko sgushyennoye osoboye), “Quyultirilgan sutcha” (Sgushyenka), “Qaynatilgan quyultirilgan sut” (Varenaya sgushyenka), “Qaynatilgan sut” (Varenka), deb yozilgan bo‘lsa, bu 100% haqiqiy toza mahsulot sanalmaydi.

    Ko‘pincha siz quyultirilgan sut, deb o‘ylaydigan massa tarkibidagi palma yog‘i turli souslar orqali maskirovkalangan bo‘ladi: palma yog‘i, kokos yog‘i, o‘simlik yog‘i, sutli yog‘ muqobili kabilar.

    Xo‘sh, nega korxonalar palma yog‘i yoki uning o‘rniga yashirib yoziladigan moddalardan foydalanishadi?

    An’anaviy usulda quyultirilgan sutni tayyorlash — qimmat va uzoq jarayon, chunki toza sigir suti juda tez ayniydi. Ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar quruq sut kukunini olib odatdagidek ko‘pirtirish uchun ko‘pincha palma yog‘i qo‘shishadi.

    Axir, palma yoki kokos yog‘i tabiiy yog‘larning arzon o‘rinbosari. U uzoq vaqt davomida yaxshi saqlanadi, ammo mutlaqo foydali emas, mazkur yog‘ning doimiy iste’mol qilinishi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

    Afsuski, bunday past sifatli quyultirilgan sut tabiiysidan farq qilmaydi. Buning uchun, yuqoridagi aytilganidek, tarkibini yaxshilab qarash lozim.

    Palma yog‘i kulrang bo‘lgani sababli quyultirilgan sut rangini olishi uchun biroz oqartirish kerak. Jarayonda Titanium yog‘ upasi yoki Titanium dioksit (E171) yordam beradi. Mazkur bo‘yoq noorganik pigment, ta’mi va rangi bo‘lmagan oq kukun. Kauchuk, bo‘yoq va bo‘yoq materiallari, qog‘oz ishlab chiqarishda pigment va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.

    Bundan tashqari, quyultirilgan sutni sun’iy quyuqlashtirish uchun modifikatsiyalangan kraxmal qo‘shilishi mumkin, lekin u mahsulot ta’mini buzadi. Shuning uchun, aromatizatorlar, shirin ta’m beruvchilar, shakar muqobili va karboksimetilsellyuloza qo‘shiladi. Bunday quyultirilgan sut ishlab chiqaruvchiga arzonga tushadi, ko‘rinishi va ta’mi esa tabiiysi bir xil bo‘ladi. Shunday ekan, tarkibida o‘simlik yog‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi biror qo‘shimcha tilga olinib yozilgan mahsulotni xarid qilmaslik tavsiya etiladi.

    Mahsulotni tanlash borasidagi qarashlaringizni qayta ko‘rib chiqish ham salomatligingiz, ham iqdisodingizga foyda bo‘lishini unutmang. Har safar do‘kon yoki bozordan xarid qila turib, qadoqqa qarab chiqishni unutmang.

    Matnni Madina Nurman tayyorladi

    15.11.2019, 09:12   Izoh (0)   46227
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” texnik nosozlik sabab qisqa muddatga to‘xtab qolgan poyezd yo‘lovchilaridan uzr so‘radi

    15.11.2019, 08:44

    “Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi”ni milliy geologiya tabiat bog‘iga aylantirish rejalashtirilmoqda

    15.11.2019, 08:16

    O‘zbekistonda parlament saylovi kampaniyasini yoritish bo‘yicha 300 ga yaqin jurnalist akkreditatsiyadan o‘tdi

    15.11.2019, 06:32

    O‘zbekistonda “Yandeks Dengi” hamyonlarini to‘ldirish imkoniyati paydo bo‘ldi

    15.11.2019, 04:31

    Andijonda ikki do‘stning o‘zaro janjali ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi

    15.11.2019, 02:31

    O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar uchun normativ-huquqiy kitoblar chop etiladi

    15.11.2019, 02:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05

    Ukrainada razvedka xodimini o‘ldirishda gumonlangan rossiyalik agentlar yo‘q qilindi

    Dunyo | 13 iyul, 20:40

    Ozarbayjon Suriyaga gaz yetkazib beradi

    Dunyo | 13 iyul, 20:15

    Arizonada 18 yilda ilk bor vabodan o‘lim qayd etildi

    Dunyo | 13 iyul, 19:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.