O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashidan o‘rin olgan bahsda Saudiya Arabistoniga yutqazib qo‘ydi (2:3).
Mazkur o‘yindan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Nima deyish mumkin, alamli mag‘lubiyat. O‘yinni boshqarib va aksariyat qismida ustunlikka erisha turib, oxirida gol o‘tkazib yuborish juda alamli. Hissiyotlar qaynamoqda
Bu futbol, sen urmasang, senga urishadi. Ko‘proq gol urish va yaxshiroq himoyalanish kerak edi. Shunda natija bizning foydamizga hal bo‘lar edi”, — deydi Sergeyev.
Izoh (0)