Hindistonning Tamilnad shtati Koimbatur shahrida estakada quruvchilari uxlab yotgan kishini ko‘rmay qolib, uning ustiga tuproq uyumini tashlab ko‘mib qo‘ygan, deb yozmoqda The New Indian Express.
Baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan erkakning jasadi bir nech kun o‘tgach, tuproqdan manzarali o‘simliklar ekish uchun kavlangan vaqtida topilgan.
Mahalliy huquq-tartibot organlari vakillari erkakning yoshi 40 atrofida ekani, uning shaxsi aniqlashtirilayotganini ma’lum qilgan.
Murda yonidan alkogol ichimligining shisha idishlari ham topilgan. Halok bo‘lgan erkakning kuchli darajada mast bo‘lgani va bir necha tonna tuproq ustiga ag‘darilgan vaqtda kuchli uyqu ta’sirida bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Erkak boshqa joyda o‘ldirilib, jinoyatni yashirish uchun murda ustiga tuproq to‘kilgan bo‘lishi ham mumkin.Avval Hindistonda bir erkakning 50 ta tuxum yeyman deb garov o‘ynab 41-tuxumni yeganidan keyin vafot etgani, boshqa bir erkakning esa ochdan o‘lmaslik uchun atayin qonunbuzarlik qilib qamoqqa kirgani xabar qilingan.
Izoh (0)