Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etayotgan yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida ikki nafar o‘zbekistonlik para-atlet Tokio—2020 Paralimpiadasiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Uzoqlikka sakrash bahslarida Timur G‘iyosov musobaqa kumush medalini qo‘lga kiritib, Paralimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Yana bir o‘zbekistonlik sportchi — Husniddin Norbekov esa musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Norbekov mazkur musobaqada o‘zining 2018-yilda o‘rnatgan rekordini ham 1,30 metrga yaxshiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!