Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 12-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.
Turinda “Yuventus” “Milan”ni qabul qilib, Paulo Dibalaning 77-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga uch ochkoli bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng turinliklarning ochkosi 32 taga yetdi va jamoa 31 ochkoga “Inter”ni quvib o‘tib yana A Seriya peshqadamiga aylandi. Milanliklar esa 13 ochko bilan 14-o‘rinni band etib turibdi.
A Seriya12-tur bahsi10-noyabr, yakshanba
“Yuventus” – “Milan” 1:0Gol: 1:0 – 77 Dibala.
“Yuventus” – Shchensni, Kuadrado, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Bentankur, Pyanich, Matyuidi (Rabio, 70), Bernardeski (Duglas Kosta, 61), Iguain, Ronaldu (Dibala, 55).
“Milan” – Donnarumma, Konti, Leo Duarte, Romanyoli, Teo, Lukas Paketa (Rebich, 85), Bennaser, Krunich (Bonaventura, 61), Suso, Piontek (Rafael Leau, 66), Chalxano‘g‘lu.
Ogohlantirishlar: Krunich (40), Bennaser (45), Kuadrado (56), Teo (89), Chalxano‘g‘lu (90), Suso (90)