Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Avvalroq noyabr oyidagi yig‘inlarga 32 nafar futbolchi jalb qilingan edi. Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng bir nechta o‘yinchi terma jamoa safini tark etdi.
Aziz G‘aniyev, Sharof Muhiddinov va Abror Ismoilov Olimpiya terma jamoasi bilan BAAdagi xalqaro musobaqaga yo‘l oldi. Shuningdek, Akbar Ismatullayev, Sardor Mirzayev, Sanjar Shoahmedov va Humoyun Murtazoyev kabi futbolchilarga murabbiylar shtabi tomonidan javob berildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 14-noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi, 19-noyabr kuni esa Falastinga qarshi bahs olib boradi. Bu ikki o‘yin ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!