• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura “buxanka” narxining oshishi sabablarini ma’lum qildi

    O‘zbekistonda qolipli non narxi so‘nggi bir oy ichida ikki marta qimmatlashgani va ayrim hududlarida “buxanka” narxi 2500 so‘mgacha ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “buxanka” narxining oshishiga sabab bo‘layotgan omillarni tahlil qildi va mazkur sabablar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

    Foto: “Aniq.uz”

    Foto: “Aniq.uz”

    Mavzuga doir: “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi “buxanka” narxining oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Bayonotga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 866-sonli qarori bilan 2019-yil 15-oktabrdan “O‘zdonmahsulot” AJ tizimidagi tashkilotlar tomonidan 2019-yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga yo‘naltiriladigan bug‘doydan boshqa g‘alla iste’molchilarning barcha toifalariga faqat birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotilishi belgilandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonning ayrim hududlarida “buxanka” narxi 2500 so‘mgacha ko‘tarildi

    Bu esa mahalliy dondan tayyorlangan un va qolipli non narxining tabiiy oshishiga olib kelib, o‘z navbatida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev non tannarxini tushirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

    Tahlillar qolipli non narxining keskin oshishiga quyidagi omillar sabab bo‘layotganligini ko‘rsatmoqda:

    Birinchidan, davlat tomonidan don va un sotib olish narxini sun’iy ravishda ushlab turish siyosatidan voz kechilib, Vazirlar Mahkamasining 866-sonli qaroriga muvofiq, “O‘zdonmahsulot” AJ tasarrufidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan un va qolipli non narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar va ularning strategik turlari ro‘yxatidan chiqarildi.

    Mavzuga doir: Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroriga sharh

    Bunga qadar, aholining unga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilardan g‘allani past narxlarda sotib olish mexanizmi amal qilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining har oylik bayoni asosida qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga yopiq birja savdolari orqali mahalliy bug‘doy uni sotib kelingan.

    Oqibatda fermerlar va don korxonalarining iqtisodiy zarar ko‘rishi, ular o‘z moddiy-texnika bazalarini yaxshilay olmasligi, hosildorlikni oshirishga bo‘lgan rag‘batning tushib ketishiga olib keldi.

    Ma’lumot uchun, davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan g‘alla narxi 2017-yilda — 550 so‘m, 2018-yilda — 750 so‘m, 2019-yilda esa – 1420 so‘m etib belgilangan.

    Ko‘p yillar davomida amal qilib kelgan mazkur tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholini arzon narxli qolipli nonga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat bo‘lgan.

    Shu bilan birga bu tizim turli korrupsiyaviy sxemalarning vujudga kelishiga, arzon narxlarda sotib olingan undan qolipli non ishlab chiqarmasdan, unni bozorlarda sotish orqali mo‘may daromad olinishiga, mahalliy unning aholiga qat’iy o‘rnatilgan davlat narxlarida yetib bormasligiga olib kelgan.

    Birgina, “Ohangaron don” AJ boshqaruvi mansabdor shaxslari tomonidan 2011—2018-yillar davomida aholi ehtiyojlari uchun qolipli non ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan jami 18,6 milliard so‘mlik un va don mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

    Ushbu holat yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan.

    Shuningdek, “Qoraqalpoq don mahsulotlari” AJ mansabdor shaxslari 2018—2019-yillar davomida har bir qopi 87.5 ming so‘mdan sotilishi belgilangan 6 134 qop un mahsulotini 110 ming so‘mdan, jami 674,7 million so‘mga sotib, 138 million so‘m pul mablag‘ini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holati yuzasidan 2019-yilning 17-oktabrida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: Qorag‘alpog‘istonda non narxi 1500 so‘mdan sotilishi nazoratga olindi

    Ikkinchidan, yoqilg‘i, energiya va gaz narxining yildan-yilga oshib borishi ishlab chiqarilayotgan un va non tan narxi qimmatlashuviga olib kelmoqda. Xususan, 2017-yilda un ishlab chiqaruvchi korxonalarga 1 kilovatt/soat elektr energiyasi narxi 204,3 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 2019-yilga kelib 450 so‘mni tashkil qilmoqda.

    Uchinchidan, “O‘zdonmahsulot” AJ tasarruffidagi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va birja savdolariga qo‘yilgan un hajmi iste’molchilar talabiga mutanosib emas. Respublika aholisining 2018-yilda un mahsulotlariga bo‘lgan yillik talabi 3,2 million tonnani (bir oylik 267 ming tonna) tashkil qilgan bir vaziyatda, respublikada 2,9 million tonna, ya’ni umumiy ehtiyojning 92 foizi ishlab chiqarilgan. Shundan 1,5 million tonnasi “O‘zdonmahsulot” AJ hissasiga, 1,4 million tonnasi esa xususiy ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Joriy yilning noyabr oyi uchun birja savdosiga qo‘yilgan un miqdori 144 ming tonnani ya’ni aholi ehtiyojining 54 foizini tashkil etib, iste’molchilarning unga bo‘lgan 123 ming tonna qo‘shimcha ehtiyoji xususiy korxonalar tomonidan un ishlab chiqarish hisobidan, shuningdek, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va boshqa davlatlardan import qilish hisobiga ta’minlanmoqda.

    To‘rtinchidan, “O‘zdonmahsulot” AJ tarkibidagi mavjud 44 ta korxonaning o‘rtacha yillik quvvati 2,3 million tonna un ishlab chiqarishni tashkil etsada, korxonalar to‘liq quvvatda ishlamayotganligi sababli 2018-yilda 1,5 million tonna un ishlab chiqarilgan. Oqibatda, “O‘zdonmahsulot” AJ korxonalari tomonidan birja savdolariga qo‘yilishi rejalashtirilgan un hajmi to‘liq ta’minlanmayapti.

    Jumladan, joriy yil 23-oktabr kuni jadval asosida birja savdolariga qo‘yilishi rejalashtirilgan kunlik 6700 tonna un o‘rniga 5785 tonna un savdoga qo‘yilgan. 24-oktabr kuni rejaga nisbatan 716 tonna, 29-oktabr kuni 803 tonna, 30-oktabr kuni 792 tonna kam un qo‘yilgan.

    Beshinchidan, “O‘zdonmahsulot” AJ tomonidan un ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xarajatlarini 18,9 milliard so‘mga maqbullashtirish hamda mahsulot tannarxini 10,3 foizga arzonlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lsada, amalda un tannarxining arzonlashishi ta’minlanmagan.

    Yuqorida keltirilgan omillarning barchasi birja savdolarida mahalliy un va qolipli non narxining oshishiga olib kelgan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1,3 milliondan ortiq fuqaro un va non uchun kompensatsiya oladi

    12.11.2019, 21:27   Izoh (0)   39125
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV: Videoregistratorga yozib olingan huquqbuzarlik haqida lavha jo‘natgan shaxsning ma’lumotlari vazirlikdan chiqmagan — bizda axborot maxfiy saqlanadi

    12.11.2019, 21:08

    “Daryo” oqshomi: “Paxta tergim keladi” degan shoirga Nexia, o‘zbek tilini rivojlantirishga mas’ul Kirgizbayev, Mushukkenti bor Toshkent va 12-noyabrning boshqa muh...

    12.11.2019, 21:00

    Nukusda 400 dan ortiq xususiy uylar buzilib Nukus City quriladi

    12.11.2019, 20:48

    Markaziy bank raisi o‘rinbosari: Valyuta sotish bo‘yicha hech qanday cheklov qo‘yish niyatimiz yo‘q, bizda ikki xil kurs bo‘lmaydi

    12.11.2019, 20:26

    Andijon hokimi “Ravon mingim kelyapti, paxta tergim kelyapti” deb she’r o‘qigan shoirga Nexia sovg‘a qildi

    12.11.2019, 19:46

    Toshkent viloyati yo‘llarida yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi

    12.11.2019, 19:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.