“Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.
Hujjatga ko‘ra, lavozimlarni egallashning besh yillik muddati davrida rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasasi komissiyasi tomonidan har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha barcha pedagog xodimlar faoliyati atroflicha o‘rganib chiqiladi va baholanadi.
Shuningdek, tugallangan fan o‘qituvchilarining dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim tarzda baholanadi.
Loyihaga ko‘ra, pedagog xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli o‘quv-metodik, ilmiy, tarbiyaviy ishlari sifati, o‘qitgan talabalarining o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan taqdirda tanlovni o‘tkazish tartibida belgilab qo‘yilgan muddatdan qat’i nazar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.Quyidagi havola orqali qaror loyihasi yuzasidan takliflar bildirish mumkin.
Izoh (0)