Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalari tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, talabalar fan olimpiadasi g‘oliblari magistraturaga kirish imtihonlarida mutaxassislik fanlaridan maksimal ball olish huquqiga ega bo‘ladi.

Hujjatga kiritilayotgan asosiy yangiliklardan biri talabalar fan olimpiadasi respublika bosqichi g‘oliblariga g‘olib bo‘lgan fan bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi guvohnoma taqdim qilinadi.

Guvohnoma ikki yil muddat davomida amal qilishi ko‘zda tutilgan.

Talabalar, soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillari quyidagi manzilda qaror loyihasi yuzasidan o‘z takliflarini bildirishlari mumkin.

Muhokamalar joriy yilning 16-noyabriga qadar davom etadi.