Toshkent hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi o‘z ishini qayta boshladi. Kengash ishi joriy yilning iyunida to‘xtatilgan edi, deb xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.
Jamoatchilik kengashini “'Siymo” reklama agentligi asoschisi va “Milliy marketing markazi” assotsiatsiyasi raisi Diyor Mirzaahmedov boshqaradi.
“Yangilangan kengashning ishi shahar uchun foydali aniq loyihalar ishlab chiqish, shuningdek, hokimlik faoliyatidagi turli yo‘nalishlarga ekspertlik yordamida ko‘rsarishga qaratiladi”, — deyiladi xabarda.
8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishda kengash komissiyasining tarkibi va boshqa shunga oid masalalar muhokama qilingan.
O‘tgan yilning mayida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashiga tadbirkor Hikmat Abdurahmonov raislik qilgandi. Iyul oyida u rais sifatida ishini yakunlagani, biroq kengash tarkibida qolishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Izoh (0)