Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Quyichirchiq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro X.A.ning dala hovlisi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda sof og‘irligi salkam 7,2 kilogramm marixuana, 167 dona ildizsiz holdagi kannabis o‘simligi, shuningdek, og‘irligi salkam 2,48 gramm bo‘lgan yog‘ aralashmali marixuna borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga doir:
- Toshkent aeroportida noqonuniy olib kelingan iPhone 11 telefonlarini yig‘ib olayotgan shaxs qo‘lga olindi
- Tojikistondan 13,7 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini oyoq kiyimida O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi
- Zangiotada Lacetti yukxonasidan 830 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari topildi
Izoh (0)