“Daryo” tahririyatiga ayni paytda Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Mohichehra Murodovadan murojaat kelib tushdi. Uning to‘rtinchi qavatdan yiqilib tushgan 4 yoshli farzandi Alibek zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur.
Bizga ma’lum qilinishicha, 2017-yilning 19-iyul kuni Alibek ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushadi, shukurki, omon qoladi. Biroq og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqiziladi. Alibek hozirgacha bir necha marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazadi.
Tomog‘i, nafas yo‘llari , boshi va yuz qismi qattiq shikastlanganligi uchun Alibek nafas ololmaydi, gapirolmaydi. Tomog‘iga plastmassa moslama qo‘yilgan. Ayni paytda tomog‘idagi naycha orqali nafas oladi.
Eng yomoni, bemor bolakayning tomog‘idagi naycha bir kunda ikki marta balg‘amga to‘lganida nafasi qisa boshlaydi. Naychani tomoqdan sug‘urib olib, tozalash kerak. Onasi bolaning azoblanib dodlashiga chiday olmaydi. Oyoq-qo‘lini bosib turishadi. Bu ishni otasi bajaradi. Har kuni ikki marta og‘riq va uqubat...Ovqatlanish jarayoni ham og‘riqli kechadi.
Bolakayning bo‘ynidagi naycha unga azob bermoqda. Shuning uchun operatsiya orqali naycha tezroq olib tashlanishi kerak. Operatsiya esa 27-noyabrga belgilangan.
Operatsiya va davolanish muolajalariga jami 2500 dollardan ortiq mablag‘ talab etilmoqda. Biroq oilaning moddiy ahvoli og‘ir.
“Bir necha yillardan buyon uy-joysiz sarson sargardonmiz. Faqat turmush o‘rtog‘im ishlaydi. Lekin uning topgani ijara haqi va yeb-ichishimizdan ortmaydi. Juda ham qiyin vaziyatda qoldik.
Bolangiz ko‘z oldingizda so‘lib boryapti. Lekin siz hech narsa qilolmaysiz. Ona uchun dunyoda bundan yomoni yo‘q. Yolg‘iz umidim Allohdan va yaxshi insonlardan”, — deydi Alibekning onasi biz bilan suhbatda.
Alibekning 27-noyabr kuni o‘tkaziladigan operatsiyasi va dori-darmonlari uchun 2500 dollar miqdorida mablag‘ zarur.
Biz barcha saxovatli insonlardan 4 yoshli bolakayning sog‘ayib ketishida o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz.
Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:
Plastik karta orqali: (Click, Payme)
Qarindoshi Gulchehra Egamberdieva nomiga ochilgan
Agrobank: 8600 0423 1578 3646
Rossiyadagi saxovatpesha yurtdoshlarimiz uchun turmush o‘rtog‘i Dilshodjon Nazarovning nomiga ochilgan Sberbank Visa plastik kartasining hisob raqami:
4276 5500 4019 7306
Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun otasining pasport ma’lumotlari:
Dilshodjon Nazarov Yo‘ldoshevich
Pasport raqami: AA 6949526
Onasi Mohichehra Murodovaning telefon raqami:
Telegram, Imo:+79046100265
Izoh (0)