Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 11-turi doirasida 3-noyabr, yakshanba kuni Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi Liverpulda “Everton” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 63-daqiqasida “shporlar” yarim himoyachisi Dele Alli Son Hyon Min uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 90+7-daqiqaga kelib mezbon jamoa hujumchisi Jenk Tosun hisobni tenglashtirdi (1:1).
Qayd etish joiz, 79-daqiqada Sonning qo‘polligidan keyin Mersisayd klubi yarim himoyachisi Andre Gomesh Serj Oryega to‘qnashib ketdi va juda og‘ir jarohat oldi va uning o‘rniga Gilfi Sigurdsson zaxiradan maydonga tushdi. Janubiy koreyalik futbolchi esa hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi.
Shu tariqa “Tottenhem” mehmonda “Everton” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va bir ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Tottenhem” 13 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Everton” esa 11 ochko bilan 17-o‘rinni band qilib turibdi.
11-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
11-tur bahslari
3-noyabr, yakshanba
“Kristal Pelas”—“Lester” 0:2
Gollar: 0:1 — 57 Seyunjyu, 0:2 — 88 Vardi“Everton”—“Tottenhem” 1:1
Gollar: 0:1 — 63 Alli, 1:1 — 90 TosunYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)