Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 10-turi doirasida 29-oktabr, seshanba kuni dastlabki 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Antonio Konte boshliq Milanning “Inter” jamoasi mehmonda “Breshiya”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 23-daqiqasida “neradzurrilar” hujumchisi Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqaga kelib belgiyalik Romelu Lukaku Roberto Galyardini uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 76-daqiqada esa Milan klubi himoyachisi Milan Shkrinyar avtogol muallifiga aylandi.
Natijada “Inter” safarda “Breshiya” ustidan kichik hisobda zafar quchdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Inter” ochkolari sonini 25 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. “Breshiya” esa 7 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.
A Seriya
10-tur bahslari
29-oktabr, seshanba
“Parma”—“Verona” 0:1
Gol: 0:1 — 10 Lazovich“Breshia”—“Inter” 1:2
Gollar: 0:1 — 23 Martines, 0:2 — 63 Lukaku, 1:2 — 76, avtogol ShkrinyarYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)