Britaniya vakillar palatasi joriy yil 12-dekabr kuni muddatidan avvalgi parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
29-oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish chog‘ida ushbu tashabbusni 438 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 20 nafar deputat qarshi chiqdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mazkur saylovlar yordamida oldinroq o‘zi Bryussel bilan kelishgan mamlakatni Yevroittifoqdan chiqishi haqidagi yangi bitim ma’qullanishiga erishish niyatida.
Hozirda Boris Jonson yetakchisi bo‘lgan konservatorlar partiyasi Britaniya parlamentida ko‘pchilik a’zoga ega emas.
Izoh (0)