Rossiyaning Tojikistonda joylashgan 201-harbiy bazasiga ilk bor S-300PS zenit-raketa tizimlari divizion komplekti yetkazib berildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Divizion komplekt Markaziy harbiy okrugning Volgabo‘yidagi qurol-aslaha omboridan temir yo‘l transporti orqali yetkazilgan. Hozirda rossiyalik harbiylar texnikani joylashtirish uchun bazada muhandislik ishlarini olib bormoqda.
“Tayyorgarlik ishlari yakunlangandan so‘ng divizion komplekt Tojikistonda havo hujumiga qarshi mudofaa bo‘yicha jangovar navbatchilikka kirishadi. Uning asosiy vazifasi 201-harbiy baza obyektlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasini harbiy-kosmik hujumdan himoya qilish hisoblanadi”, — deyiladi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.
Divizion tarkibiga 30 ga yaqin texnika, jumladan, qo‘mondonlik punkti, radiolokatorlar, start qurilmalari, kuzatuv tizimlari, ta’minot mashinalari kirdi.
Izoh (0)