• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Namanganda “Ma’naviyat festivali”ni o‘z ichiga olgan ma’rifiy haftalik yakuniga yetdi

    Namanganda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, viloyat hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar ko‘magida tashkillangan “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dastlab Namangan shahridagi “Oydin plaza” mehmonxonasida ma’rifiy haftalik doirasidagi festivalning ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu tadbir o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi tantanalari bilan uyg‘un holda o‘tayotgani ta’kidlandi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining viloyatdagi a’zolariga guvohnomalar va ko‘krak nishonlari topshirildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Festivalning keyingi manzili To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘ldi. Bu yerdagi muhtasham madaniyat markazida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov, O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Barno Qodirova, aktyor Alisher Otaboyev qadimiy va boy o‘zbek tilining bugungi kundagi o‘rni haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir Bobur Bobomurod, Dilbar Bonu, Sodiq Sayhun va boshqa shoirlar ishtirokidagi mushoiraga ulandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Festival ishtirokchilari Ishoqxon to‘ra Ibrat majmuasida bo‘lib, buyuk alloma haykali poyiga gullar qo‘ydi. Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internat faoliyati bilan tanishdi. Ular uchun ochiq osmon ostidagi muzey — Axsikent arxeologik yodgorligiga sayohat tashkil etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Namanganda o‘zbek davlatchiligi tarixining uzviy qismi bo‘lgan qadimiy Axsikent yodgorliklarini ko‘rib, chinakamiga hayratga tushdim, — deydi shoir Bobur Bobomurod. — Hamyurtlarimiz o‘tmishda jahon tamaddunida yuksak mavqeni egallaganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Xususan, o‘rta asrlarda barpo etilgan yerosti suv inshootlarining o‘zi ham shundan dalolat berib turibdi. Ochiq osmon ostidagi muzey yaratilayotgani juda quvonchli. Yaqin orada bu yerlar mahalliy va xorij sayyohlarining qadami uzilmaydigan manzilga aylanishiga shak-shubha yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Festival Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bilan davom etdi. Bu yerda kitoblar ko‘rgazmasi va rasmlar tanlovi, taniqli san’atkor va adiblarning chiqishlari tashkil etildi. Ma’naviy-ma’rifiy sohada jonbozlik ko‘rsatgan faollar taqdirlandi, tadbirkor va fermerlar tomonidan maktablarga badiiy kitoblar taqdim etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, “Ma’naviyat festivali” doirasida Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama tetrida “Sohibqiron Amir Temur yoxud adolat qilichi” nomli spektakl namoyish etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Festival Chust tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Ma’naviyatimizni shakllantirishda milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizning tutgan o‘rni” deb nomlangan davra suhbati bilan yakuniga yetdi. Bu yerda ishtirokchilarga Chustning nomini dunyoga mashhur qilgan do‘ppi va pichoqlar, ularni tayyorlash usullari namoyish etildi, folklor jamoalari chiqishlari namoyish etildi.

    27.10.2019, 18:19   Izoh (0)   16111
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda niqob taqqan shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 14:30

    Zelenskiy “biror narsani imzolashga” tayyor turishi kerak — Tramp

    Dunyo | 9 avgust, 14:15

    Buyuk Britaniyada insultdan keyingi reabilitatsiyada videoo‘yinlardan foydalanilmoqda

    Ilm-fan | 9 avgust, 13:55

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    Dunyo | 9 avgust, 13:45

    “Chelsi” 6 nafar futbolchisini sotishga harakat qiladi

    Sport | 9 avgust, 13:40

    Yaponiya bosh vaziri va BMT bosh kotibi Nagasaki bo‘yicha nutqda AQSHni tilga olmadi

    Dunyo | 9 avgust, 13:15

    Meta 24 yoshli sun’iy intellekt mutaxassisiga 250 mln dollarlik maosh taklif qildi

    Layfstayl | 9 avgust, 12:45

    Hamzat Chimayev: “Agar men Olimpiya chempioniga qarshi chiqadigan bo‘lsam, u meni yanchib tashlaydi”

    Sport | 9 avgust, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.