• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda odam papilloma virusiga qarshi emlashga start berildi

    Sog‘liqni saqlash vazirligida mamlakatda odam papilloma virusiga qarshi emlashga start berilishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi. Unda tegishli davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, onkolog, epidemiolog, ginekologlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

    Tadbirda qayd etilganidek, bachadon bo‘yni saratoni ayollar salomatligiga tahdid qiluvchi jiddiy kasalliklardan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda birgina 2018-yilda bachadon bo‘yni saratoni bilan qariyb 570 000 yangi kasallanish holati qayd etilgan. Har yili shu kasallikdan 311 000 nafardan ortiq ayollar vafot etadi.

    Dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ushbu xastalik ayollar o‘rtasida tarqalishi bo‘yicha ko‘krak bezi saratonidan keyin ikkinchi va kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa tug‘ish yoshidagi ayollar orasida ikkinchi o‘rinda turadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda 1600 nafardan ziyod ayol bachadon bo‘yni saratoni kasalligiga chalinmoqda.

    Milliy emlash kalendariga ko‘ra, mamlakatda bolalar davlat budjeti hisobidan 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi emlanadi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda. Endilikda OPVga qarshi vaksinaning joriy qilinishi esa yana bir og‘ir kasallik — bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olishga xizmat qiladi.

    Bugundan boshlab O‘zbekistondagi barcha 9 yoshli o‘smir qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanadi. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, odam papilloma virusiga qarshi vaksinaning narxi ancha qimmatligi sabab aksariyat davlatlarda u pulli asosda bajariladi. O‘zbekistonda esa o‘smir qizlar davlat hisobidan bepul emlanadi. Natijada kelajakda har yili 1100 ta kasallanish va bachadon bo‘yni xastaligi bo‘yicha 600 ga yaqin o‘lim holatining kamayishiga erishiladi.

    Tadbirda qayd etilganidek, JSST odam papillomasi virusiga qarshi vaksinani barcha immunizatsiya dasturlariga kiritishni tafsiya etadi. Bugungi kunda jahonning 96 davlati uni o‘z milliy emlash kalendariga kiritgan. Ularning orasida Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya kabi qator Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh, Kanada, Avstraliya va Lotin Amerika mamlakatlari ham bor. Shunday qilib, 2006-yildan boshlab shu kungacha butun dunyoda 100 million nafardan ortiq odam ushbu vaksina bilan emlangan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinaning qizlarning reproduktiv funksiyasiga salbiy ta’siri bo‘lmaydimi, degan savolga ham javob bergan:

    “O‘tkazilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlarda shu aniq bo‘ldiki, yuqorida qayd etilganidek, mazkur vaksina nafaqat saratondan himoyalash, balki, reproduktiv a’zolar salomatligini ham yanada mustahkamlash xususiyatiga ega ekan.

    Bundan 9 yil oldin, ya’ni 2010-yilda emlangan 8000 nafar qizdan biri Gulira’no Rahimjonova 3 yoshli qizchasi bilan ushbu tadbirga tashrif buyurib, OPVga qarshi emlashdan keyin sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday salbiy muammo yuz bermaganini, aksincha, vaksina salomatligini yaxshilashga xizmat qilganini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, bundan 9 yil avval u bilan birga emlangan tengdoshlarining aksariyati hozirda onalik baxtiga musharraf bo‘lgan”.

    22.10.2019, 00:31   Izoh (0)   29058
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MSK: Siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzod ko‘rsatish ishiga noqonuniy aralashish qonun bilan ta’qib qilinadi

    21.10.2019, 23:27

    “Maxsustrans”ning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchilardan qariyb 250 mln so‘mni noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi (video)

    21.10.2019, 22:26

    Test: X mi yoki H?

    21.10.2019, 22:22

    “Paxtakor—Yangiyer” magistral gaz quvurida yorilish sodir bo‘ldi

    21.10.2019, 21:55

    Toshkentda Mercedes-Benz va Nexia avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi jarohatlandi

    21.10.2019, 21:40

    DXX O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida yuzaga kelgan tirbandlikka izoh berdi

    21.10.2019, 21:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.