Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida 19-oktabr, shanba kuni dastlabki 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda “Eybar”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida “ko‘k-anorranglilar” hujumchilari Antuan Grizmann (13), Lionel Messi (58) hamda Luis Suares (66) bittadan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Barselona” “Eybar” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Barselona” ochkolari sonini 19 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. “Eybar” esa 9 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
Shu kuni Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Valensiya” bilan bahsga kirishdi.
O‘yinning 36-daqiqasida “matraschilar” hujumchisi Diyego Kosta penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 82-daqiqaga kelib “ko‘rshapalaklar” yarim himoyachisi Daniel Parexo hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” 16 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Valensiya” esa 13 ochko jamg‘arib, 6-o‘rinni band qilib turibdi.
La Liga
9-tur bahslari
18-oktabr, juma
“Granada”—“Osasuna” 1:0
Gol: 1:0 — 38 Duarte19-oktabr, shanba
“Eybar”—“Barselona” 0:3
Gollar: 0:1 — 13 Grizmann, 0:2 — 58 Messi, 0:3 — 66 Suares“Atletiko”—“Valensiya” 1:0
Gol: 1:0 — 36, penalti Diyego Kosta, 1:1 — 82 Daniel ParexoYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)