“Toshshahartransxizmat” OAVlarda haydovchi va chiptachilarning qo‘pol muomalasi, avtobus salonida sanitariya talablariga amal qilmaslik, yo‘l haqiga qaytim bermaslik va avtosaroylardagi bir qator holatlar tanqid ostiga olinganiga munosabat bildirdi.
Aytish lozimki, bugun “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatidagi bu kabi muammo va kamchiliklar bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgan emas. Shu bois ham jamiyat rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar ana shunday ildiz otgan illatlarga barham berishga qaratilgan.Qayd etilishicha, bunday keskin choralarni davom ettirilish bilan birga, muammolarga obyektiv baho berilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.Masalan, yil boshidan shu kunga qadar belgilangan talablarga zid xatti-harakat qilgani uchun 833 nafar haydovchi va chiptachiga nisabatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 62 nafar haydovchi va chiptachi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan, ishdan bo‘shatilgan.
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati
Izoh (0)