Ekvador prezidenti Lenin Moreno poytaxt Kito ko‘chalariga harbiy bo‘linmalarni safarbar qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Mamlakat fuqarolari bir haftadan oshiq vaqtdan beri benzin narxi oshirilishiga qarshi namoyishlar o‘tkazmoqda. Niqob taqqan kishilar Teleamazonas telekanali, El Comercio gazetasi va milliy auditorlik xizmati binolariga hujum qilgan.

Moreno qo‘shinlarga komendantlik soati davomida ko‘chalarda navbatchilik qilish, elektr stansiyalari, kasalxonalar va boshqa muhim obyektlarni qo‘riqlashni buyurgan.

Norozilik namoyishlari tufayli Moreno hatto hukumatni vaqtincha Kitodan Tinch okean sohilidagi Guayyakil shahrida ko‘chirishga majbur bo‘ldi.