Yaponiyaga yopirilgan “Xagibis” to‘foni qurbonlari soni sutka davomida 9 baravarga ko‘paydi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.
Oldinroq tabiiy ofat oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘fon tufayli halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi, 120 nafardan ortiq kishi jabrlandi. Shuningdek, 13 dan 22 nafargacha kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
12-oktabr kuni to‘fon vaqti zilzila ham ro‘y bergani aytilmoqda.
Izoh (0)