10-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan press-marafon vaqtida jurnalistlar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari matnini e’lon qilishga qanchalik tayyorligi haqidagi savol bilan murojaat qildi — avvalroq uning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan telefon suhbati matni e’lon qilingan edi.
Zelenskiy rossiyalik hamkasbi bilan bo‘lgan telefondagi muzokaralar matnini e’lon qilmasligini aytdi, chunki bu, uning fikricha, ikki tomonlama uchrashuvlarning yo‘qqa chiqarilishiga olib keladi.
“Men hech narsani e’lon qilmayman, chunki bu odamlarni qaytarish va urushni to‘xtatish jarayonini davom ettirishga putur yetkazishini bilaman”, — dedi Vladimir Zelenskiy.Meduza’ning eslatishicha, avvalroq Kreml vakillari prezidentlarning har qanday muloqotlari matni faqatgina tomonlarning o‘zaro roziligi asosida e’lon qilinishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan edi.