Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 10-oktabr kuni Kiyevda OAV vakillari bilan ko‘p soatlik uchrashuv uyushtirdi — unda ishtirok etish uchun salkam 300 nafar jurnalist akkreditatsiyadan o‘tgan. Press-marafon yangi ochilgan, bir tom ostida 20 dan ortiq restoranlarni birlashtirgan Kyiv Food Market fudkortida bo‘lib o‘tmoqda. Ukraina davlat rahbari jurnalistlarning bir biri bilan joy almashadigan turli guruhlari bilan yarim soatdan muloqot qilmoqda. Uchrashuv Ukraina telekanallari orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendelning ma’lum qilishicha, marafon 10 soat davom etadi.
Mavzuga doir
×