Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 10-oktabr, payshanba kuni JCh—2022 saralashi ikkinchi bosqichi 3-turida Yamanga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar Yamanga qarshi to‘rt marta maydonga tushgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Statistika:
- 4 ta o‘yin
- 4 ta g‘alaba
- To‘plar nisbati 10:2
Mavzuga doir: Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi: “O‘zbekiston uchun ham atab qo‘ygan taktikamiz bor”
O‘zaro o‘yinlar
Dastlabki ikki bahs JCh—1998 saralashi doirasida, keyingi ikki o‘yin esa JCh—2018 saralashi doirasida o‘tkazilgan.
Yaman — O‘zbekiston 0:1Gol: 1:0 — 30, penalti No‘mon Hasanov.
O‘zbekiston — Yaman 5:1Gollar: 1:0 — 6 Igor Shkvirin, 1:1 — 31 Omar al-Ariki, 2:1 — 61 Oleg Shatskix, 3:1 — 67 Ravshan Bozorov, 4:1 — 68 Igor Shkvirin, 5:1 — 80 Oleg Shatskix.
O‘zbekiston — Yaman 1:0Gol: 1:0 — 51 Aleksandr Geynrix
Yaman — O‘zbekiston 1:3Gollar: 0:1 — 7 Azizbek Haydarov, 0:2 — 31 Server Jeparov, 0:3 — 50 Stanislav Andreyev, 1:3 — 90+2 Al-Sarori