UEFA tashkiloti o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida Yevropa Chempionlar Ligasi 2-tur yakuniga ko‘ra haftaning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Ushbu nomga “Bavariya” vingeri Serj Gnabri loyiq ko‘rildi. Qayd etish joiz, Gnabi “Tottenhem”ga qarshi o‘yinda 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Gnabri bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirishga erishdi:- Luis Suares (“Barselona”) — “Inter”ga qarshi o‘yinda (2:1) dubl
- Ashraf Hakimi (“Borussiya D”) — “Slaviya”ga qarshi o‘yinda (2:0) dubl
- Bonaventure Dennis (“Bryugge”) — “Real”ga qarshi o‘yinda (2:2) dubl
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)