Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Isroil Madrimov (4 ta jang, 4 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida kechgan jangda Madrimovga meksikalik Alexandro Barreraga (29 g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat, 18 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 5 raundda nihoyasiga yetdi. Isroil tomonidan berilgan ketma-ket zarbalardan so‘ng jang referisi jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa Isroil navbatdagi jangini ham texnik nokaut bilan yakunladi.
Natijada Isroil WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qilishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)